Nashrlar

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA TEZISLAR TO‘PLAMI NASHR ETILDI!

Tashkent International Universityda 2026-yil 11-mart kuni bo‘lib o‘tgan “Global raqamlashuv va barqaror rivojlanish: yoshlar siyosati va inson huquqlari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi tezislar to‘plami nashr etildi.

Mazkur to‘plamda konferensiya doirasida taqdim etilgan ilmiy tezislar jamlangan bo‘lib, unda professor-o‘qituvchilar, mutaxassislar, yosh tadqiqotchilar va talabalar tomonidan ilgari surilgan ilmiy qarashlar aks etgan.

To‘plam uch tilda — o‘zbek, rus va ingliz tillarida tayyorlangan bo‘lib, unda global raqamlashuv, barqaror rivojlanish, yoshlar siyosati hamda inson huquqlari yo‘nalishlaridagi dolzarb masalalar yoritilgan.

Ushbu nashr ilmiy tajriba almashish, yangi g‘oyalarni rivojlantirish va akademik hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.