Akademik

Talabalarning akademik va öquv könikmalarini rivojlantiriş markazi (Learning Development Center)

Tashkent International Universityda Talabalarning akademik va öquv könikmalarini rivojlantiriş markazi (Learning Development Center) faoliyat yuritmoqda.

Markaz universitetning Innovatsion ta’lim va iqtidorli talabalar bilan işlaş departamenti huzurida faoliyat olib borib, talabalarning akademik salohiyatini rivojlantiriş, ta’lim jarayoni samaradorligini oşiriş, mustaqil bilim oliş va zamonaviy kompetensiyalarni şakllantirişga xizmat qilmoqda.

Markaz faoliyatining asosiy yönalişlari

  • 01

    Akademik yozuv va ilmiy faoliyat

    ilmiy maqola, esse, referat va loyiha işlarini tayyorlaş, ilmiy manbalardan foydalanış hamda akademik halollik könikmalarini rivojlantiriş.

  • 02

    Samarali öqiş va mustaqil ta’lim

    vaqtni başqariş, öquv jarayonini rejalaştiriş, imtihonlarga tayyorlaniş va individual öqiş strategiyalarini şakllantiriş.

  • 03

    Raqamli savodxonlik

    elektron ta’lim platformalari, ilmiy ma’lumotlar bazalari va sun’iy intellekt vositalaridan mas’uliyatli foydalanışni örgatiş.

  • 04

    Soft skills

    muloqot, jamoada işlaş, liderlik, tanqidiy fikrlaş va taqdimot ötkaziş könikmalarini rivojlantiriş.

  • 05

    Akademik maslahat va mentorlik

    individual maslahatlar, guruh maşğulotlari, treninglar hamda mentorlik dasturlarini tashkil etiş.

Learning Development Center — talabalarning bilim oliş salohiyatini röyobga çiqariş, akademik muvaffaqiyatlarga erişiş va kasbiy rivojlaniş sari muhim qadamdir.

Markaz Nizomi

TALABALARNING AKADEMIK VA O‘QUV KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH MARKAZI (LEARNING DEVELOPMENT CENTER) TO‘G‘RISIDA NIZOM

I UMUMIY QOIDALAR

1.1. Mazkur Nizom Talabalarning akademik va o‘quv ko‘nikmalarini rivojlantirish markazi (keyingi o‘rinlarda - Markaz) faoliyatining maqsadi, asosiy vazifalari, funksiyalari, tashkiliy tuzilmasi, ishlash tartibi, huquq va majburiyatlarini belgilaydi.

1.2. Markaz “Tashkent International University” xalqaro universitetining (keyingi o‘rinlarda - Universitet) Innovatsion ta’lim va iqtidorli talabalar bilan ishlash departamenti huzurida tashkil etiladigan, Universitet talabalarining akademik salohiyatini rivojlantirish, o‘quv faoliyati samaradorligini oshirish, mustaqil bilim olish va o‘z ustida ishlash kompetensiyalarini shakllantirishga xizmat qiluvchi tarkibiy tuzilma hisoblanadi.

1.3. Markaz o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Ta’lim, ilm-fan vazirligining normativ-huquqiy hujjatlari, Universitet Ustavi, ichki tartib qoidalari hamda mazkur Nizomga muvofiq amalga oshiradi.

1.4. Markaz faoliyati Universitetning barcha talabalari uchun teng imkoniyatlar, ochiqlik, inklyuzivlik, ixtiyoriylik, akademik halollik va individual yondashuv tamoyillariga asoslanadi.

1.5. Markaz xizmatlari Universitet talabalari uchun bepul ko‘rsatiladi.

1.6. Markaz faoliyati Universitetning barcha talabalariga – ta’lim bosqichi (bakalavriat, magistratura), ta’lim yo‘nalishi, kursi, ta’lim shakli (kunduzgi, sirtqi, kechki, masofaviy), ta’lim tili, fuqaroligi va akademik o‘zlashtirish darajasidan qat’i nazar – yo‘naltirilgan. Markaz faoliyati faqat talabalarning alohida toifalari yoki guruhlariga (masalan, faqat birinchi kurs talabalari, faqat o‘zlashtirishi past yoki faqat iqtidorli talabalar) cheklanishi mumkin emas.

1.7. Markaz talabalar uchun individual maslahatlar, guruh mashg‘ulotlari, amaliy seminarlar, treninglar, vebinarlar, mentorlik dasturlari va raqamli o‘quv resurslarini tashkil etadi.

1.8. Markaz Universitetning tegishli tarkibiy bo‘linmalari, fakultetlar, kafedralar, professor-o‘qituvchilar va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlikda faoliyat yuritadi.

II MARKAZNING MAQSADI VA ASOSIY VAZIFALARI

2.1. Markazning asosiy maqsadi - talabalarni akademik jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ularning o‘quv faoliyatida muvaffaqiyatga erishishi uchun zarur bilim, ko‘nikma va strategiyalarni rivojlantirish, o‘ziga ishonchli, mustaqil, faol va mas’uliyatli ta’lim oluvchi shaxs sifatida shakllanishiga ko‘maklashishdan iborat.

2.2. Markazning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

2.2.1. Talabalarning akademik ehtiyojlarini aniqlash va ularga individual yondashuv asosida o‘quv maslahatlarini taqdim etish.

2.2.2. Talabalarda samarali o‘qish, vaqtni boshqarish, maqsad qo‘yish, rejalashtirish va mustaqil ta’lim olish ko‘nikmalarini rivojlantirish.

2.2.3. Akademik yozuv, ilmiy matnlar tayyorlash, esse, referat, maqola va loyiha ishlarini yozish bo‘yicha maslahat va amaliy yordam ko‘rsatish.

2.2.4. Tanqidiy, tahliliy va ijodiy fikrlash, muammolarni hal etish hamda qaror qabul qilish kompetensiyalarini rivojlantirish.

2.2.5. Talabalarning raqamli savodxonligini oshirish, elektron ta’lim resurslari va raqamli platformalardan samarali foydalanishiga ko‘maklashish.

2.2.6. Talabalarning muloqot, jamoada ishlash, taqdimot o‘tkazish, liderlik va boshqa yumshoq ko‘nikmalarini (soft skills) rivojlantirish.

2.2.7. Akademik o‘zlashtirishda qiyinchiliklarga duch kelayotgan talabalarga o‘quv jarayonini yaxshilash bo‘yicha maslahat va yordam ko‘rsatish.

2.2.8. Mentorlik va tyutorlik dasturlarini ishlab chiqish hamda ularni amalga oshirish.

2.2.9. Talabalarni akademik halollik, plagiatning oldini olish, manbalar bilan ishlash va ilmiy etika tamoyillariga o‘rgatish.

2.2.10. Talabalarning o‘quv motivatsiyasi va o‘z kuchiga bo‘lgan ishonchini oshirish.

2.2.11. Akademik halollik madaniyatini qaror toptirish.

2.2.12. Talabalarning o‘quv faoliyatidagi ehtiyojlarini o‘rganish va akademik qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha Universitet rahbariyatiga takliflar kiritish.

III MARKAZ FAOLIYATINING ASOSIY YO‘NALISHLARI

3.1. Akademik yozuv va ilmiy faoliyatni qo‘llab-quvvatlash

akademik yozuv asoslari bo‘yicha maslahatlar o‘tkazish

esse, referat, ilmiy maqola va kurs ishlarini tayyorlash metodikasini o‘rgatish

ilmiy manbalarni izlash, tahlil qilish va ulardan foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirish

ilmiy havolalar va bibliografik ro‘yxatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha yo‘riqnomalar taqdim etish

plagiatning oldini olish va akademik halollik madaniyatini shakllantirish

3.2. Samarali o‘qish va mustaqil ta’lim ko‘nikmalarini rivojlantirish

samarali o‘qish strategiyalari

vaqtni boshqarish (Time Management)

konspekt tuzish va ma’lumotlarni tizimlashtirish

imtihonlarga tayyorgarlik ko‘rish

mustaqil ta’limni rejalashtirish

akademik maqsadlarni belgilash va natijalarni baholash

3.3. Raqamli va axborot savodxonligini rivojlantirish

Universitetning elektron ta’lim platformalaridan foydalanish

elektron kutubxonalar va ilmiy ma’lumotlar bazalari bilan ishlash

raqamli taqdimotlar va o‘quv materiallarini tayyorlash

sun’iy intellekt vositalaridan mas’uliyatli va akademik halollik tamoyillariga mos foydalanish

onlayn ta’lim va masofaviy o‘qish ko‘nikmalarini rivojlantirish

3.4. Yumshoq ko‘nikmalarni (Soft Skills) rivojlantirish

samarali muloqot

jamoada ishlash

liderlik

tanqidiy va ijodiy fikrlash

omma oldida so‘zlash va taqdimot o‘tkazish

muammolarni hal etish

o‘zini o‘zi rivojlantirish

3.5. Individual akademik maslahatlar

o‘quvdagi qiyinchiliklarni aniqlash

individual o‘qish strategiyasini ishlab chiqish

akademik faoliyatni rejalashtirish

o‘quv materiallarini o‘zlashtirish usullarini takomillashtirish

talabani tegishli mutaxassis yoki Universitet bo‘linmasiga yo‘naltirish

3.6. Mentorlik va tyutorlik dasturlari

mentorlik va tyutorlik mexanizmlarini joriy etish

tajribali professor-o‘qituvchilar, tyutorlar va tegishli tayyorgarlikka ega yuqori bosqich talabalarini mentor yoki akademik maslahatchi sifatida jalb etish

talabalarning akademik moslashuvi, o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari va mustaqil ta’lim olishiga ko‘maklashish

IV MARKAZ FAOLIYATINI TASHKIL ETISH

4.1. Markaz Universitet rektorining buyrug‘i asosida Innovatsion ta’lim va iqtidorli talabalar bilan ishlash departamenti huzurida tashkil etiladi hamda faoliyatini mazkur Departament bilan muvofiqlashtirgan holda olib boradi.

4.2. Markazning tashkiliy tuzilmasi, shtat birliklari va moddiy-texnik ta’minoti Universitetning belgilangan tartibdagi qarorlari bilan tasdiqlanadi.

4.3. Markaz faoliyatiga uning rahbari yoki mazkur vazifani bajarish uchun tayinlangan mas’ul xodim rahbarlik qiladi. Markazning ish rejalari va faoliyati yuzasidan hisobotlari Innovatsion ta’lim va iqtidorli talabalar bilan ishlash departamenti orqali belgilangan tartibda taqdim etiladi.

4.4. Markaz faoliyatiga akademik maslahatchilar, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar va mentorlar, raqamli ta’lim bo‘yicha mutaxassislar, trenerlar va taklif etilgan ekspertlar jalb etilishi mumkin.

4.5. Markaz faoliyati tasdiqlangan yillik va semestrlik ish rejalari asosida amalga oshiriladi.

4.6. Markaz individual va guruh maslahatlari, treninglar, amaliy seminarlar, vebinarlar hamda boshqa o‘quv tadbirlarini o‘tkazadi.

4.7. Markaz xizmatlari Universitetning barcha talabalari uchun ochiq bo‘ladi.

4.8. Markaz faoliyati auditoriya, elektron ta’lim platformalari hamda masofaviy aloqa vositalari orqali amalga oshirilishi mumkin.

4.9. Masofaviy ta’limda tahsil olayotgan talabalar uchun onlayn maslahatlar va raqamli o‘quv resurslaridan foydalanish imkoniyati yaratiladi.

V MARKAZNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

5.1. Markaz quyidagi huquqlarga ega:

5.1.1. Universitet fakultetlari va kafedralari bilan hamkorlikda akademik rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish.

5.1.2. Professor-o‘qituvchilar va tegishli mutaxassislarni trening va maslahatlarga jalb qilish bo‘yicha takliflar kiritish.

5.1.3. Talabalarning o‘quv ehtiyojlarini aniqlash maqsadida so‘rovnomalar va monitoring o‘tkazish.

5.1.4. Akademik rivojlantirishga oid metodik tavsiyalar va o‘quv resurslarini tayyorlash.

5.1.5. Universitet rahbariyatiga akademik qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish yuzasidan takliflar taqdim etish.

5.2. Markazning majburiyatlari:

5.2.1. Barcha talabalarga teng imkoniyatlar asosida akademik yordam ko‘rsatish.

5.2.2. Ta’lim xizmatlari sifatini ta’minlash.

5.2.3. Talabalarning shaxsiy ma’lumotlari maxfiyligini saqlash.

5.2.4. Maslahat va treninglarni tasdiqlangan jadval asosida tashkil etish.

5.2.5. O‘tkazilgan tadbirlar va ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha hisob yuritish.

5.2.6. Faoliyat natijalari yuzasidan hisobotlar tayyorlash.

5.2.7. Talabalar va professor-o‘qituvchilarning fikr-mulohazalari asosida xizmatlarni takomillashtirish.

VI TALABALARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

6.1. Talabalar quyidagi huquqlarga ega:

6.1.1. Markaz xizmatlaridan teng va kamsitishlarsiz foydalanish.

6.1.2. Individual va guruh maslahatlarida ishtirok etish.

6.1.3. O‘quv resurslari, trening materiallari va metodik tavsiyalardan foydalanish.

6.1.4. Akademik rivojlanish masalalari bo‘yicha tavsiyalar olish.

6.1.5. Markaz faoliyatini takomillashtirish yuzasidan takliflar bildirish.

6.2. Talabalar quyidagilarga majbur:

6.2.1. Markazning belgilangan ish tartibiga rioya qilish.

6.2.2. Akademik halollik tamoyillariga amal qilish.

6.2.3. Trening va maslahatlar jarayonida o‘zaro hurmat tamoyillariga rioya qilish.

6.2.4. Markazning moddiy-texnik resurslaridan ehtiyotkorlik bilan foydalanish.

VII MARKAZNING MODDIY-TEXNIK VA AXBOROT RESURSLARI

7.1. Markaz faoliyatini amalga oshirish uchun zarur xona, kompyuter texnikasi, internet tarmog‘i va o‘quv-uslubiy materiallar bilan ta’minlanishi mumkin.

7.2. Markaz quyidagi axborot-ta’lim resurslarini shakllantiradi:

akademik yozuv bo‘yicha yo‘riqnomalar

mustaqil ta’lim bo‘yicha metodik materiallar

video darslar va vebinarlar

taqdimotlar va amaliy mashg‘ulot materiallari

raqamli savodxonlik bo‘yicha qo‘llanmalar

soft skills treninglari materiallari

akademik maslahatlar jadvali

7.3. Markaz resurslaridan Universitetning barcha talabalari foydalanishi uchun sharoit yaratiladi.

7.4. Elektron o‘quv materiallari talabalarga Universitetning raqamli platformalari yoki boshqa rasmiy axborot kanallari orqali taqdim etilishi mumkin.

VIII MARKAZ FAOLIYATINI MONITORING QILISH VA BAHOLASH

8.1. Markaz faoliyati samaradorligi muntazam monitoring va tahlil asosida baholanadi.

8.2. Markaz faoliyatini baholashda quyidagi asosiy ko‘rsatkichlardan foydalaniladi:

akademik maslahat olgan talabalar soni

individual maslahatlar soni

o‘tkazilgan trening va seminarlar soni

mentorlik dasturlarida qatnashgan talabalar soni

akademik yozuv bo‘yicha taqdim etilgan maslahatlar soni

raqamli o‘quv resurslaridan foydalanuvchilar soni

talabalarning xizmatlar sifatidan qoniqish darajasi

akademik qo‘llab-quvvatlash natijalaridagi ijobiy o‘zgarishlar

8.3. Markaz har semestr yakunida o‘z faoliyati yuzasidan tahliliy hisobot tayyorlaydi.

8.4. Hisobotda amalga oshirilgan ishlar, statistik ko‘rsatkichlar, aniqlangan muammolar va kelgusidagi ustuvor vazifalar aks ettiriladi.

8.5. Markaz faoliyati haqidagi asosiy ma’lumotlar, o‘tkazilgan tadbirlar, maslahatlar jadvali va taqdim etilayotgan xizmatlar Universitetning rasmiy veb-sayti yoki rasmiy axborot kanallarida yoritib boriladi.

8.6. Mentorlik faoliyati bo‘yicha o‘tkazilgan uchrashuvlar, maslahatlar, ishtirokchilar ro‘yxati va erishilgan natijalar Markaz tomonidan qayd etiladi. Ushbu ma’lumotlar Departament orqali tegishli mas’ul bo‘linmaga taqdim etiladi va professor-o‘qituvchilarning KPI ko‘rsatkichlarini hisoblashda tasdiqlangan tartib asosida foydalaniladi.

IX HAMKORLIK ALOQALARI

9.1. Markaz Innovatsion ta’lim va iqtidorli talabalar bilan ishlash departamenti tarkibida faoliyat yuritib, o‘z vazifalarini amalga oshirishda quyidagi tarkibiy bo‘linmalar va tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi:

fakultetlar, kafedralar va professor-o‘qituvchilar bilan - akademik ko‘nikmalarni o‘quv fanlari mazmuniga integratsiya qilish, talabalarning akademik ehtiyojlarini aniqlash va ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha;

Axborot-resurs markazi (kutubxona) bilan - talabalarning axborot savodxonligini rivojlantirish, ilmiy va o‘quv manbalarini izlash, tanlash hamda ulardan samarali foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha;

psixologik xizmat (Ijtimoiy fanlar va ta’lim kafedrasi), Yoshlar bilan ishlash departamenti hamda Karyera markazi bilan - talabalarga psixologik, ijtimoiy va kasbiy yo‘naltirish bo‘yicha kompleks ko‘mak ko‘rsatish;

Yoshlar ittifoqi bilan - Markaz faoliyati va xizmatlarini talabalar o‘rtasida targ‘ib qilish, ularning taklif va fikr-mulohazalarini o‘rganish hamda talabalar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha.

9.2. Markaz akademik qo‘llab-quvvatlashning zamonaviy usullarini joriy etish maqsadida boshqa oliy ta’lim muassasalari, xalqaro ta’lim markazlari va ekspertlar bilan hamkorlik qilishi mumkin.

9.3. Hamkorlik doirasida qo‘shma treninglar, seminarlar, vebinarlar, mahorat darslari va boshqa ta’lim tadbirlari tashkil etilishi mumkin.

X YAKUNIY QOIDALAR

10.1. Mazkur Nizom Universitetning vakolatli organi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

10.2. Mazkur Nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar Universitetning belgilangan ichki tartibiga muvofiq kiritiladi.

10.3. Markaz faoliyatini qayta tashkil etish yoki tugatish Universitetning tegishli qarori asosida amalga oshiriladi.

10.4. Mazkur Nizomda nazarda tutilmagan masalalar amaldagi qonunchilik hujjatlari va Universitetning ichki me’yoriy hujjatlari asosida tartibga solinadi.