🤝 Tashrif davomida mehmonlar universitet rahbariyati bilan uchrashib, ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari, akademik almashinuv dasturlari, professor-o‘qituvchilar va talabalar mobilligi hamda qo‘shma ilmiy loyihalarni rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.
👥 Delegatsiya tarkibidan Xalqaro aloqalar departamenti boshlig‘i Dr. Elif Nuray Yıldırım, professor Yunus Özcan, dotsent Lütfü Çakır hamda professor-o‘qituvchi Abdullah Yener universitet faoliyati, ta’lim dasturlari va ilmiy infratuzilmasi bilan yaqindan tanishdilar.
🏛 Shuningdek, mehmonlar uchun universitet bo‘ylab ekskursiya tashkil etilib, Tashkent International Universityda ta’lim sifati va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar taqdim etildi.
✨ Mazkur tashrif ikki universitet o‘rtasidagi akademik aloqalarni yanada mustahkamlash va kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlarini kengaytirishga xizmat qiladi.