Seminarda universitet professor-o‘qituvchilari va xodimlari ishtirok etib, xalqaro akademik almashinuv dasturlari, professor-o‘qituvchilar mobilligi, ilmiy hamkorlik va Erasmus+ dasturi doirasidagi imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot oldilar.
🤝 Taqdimot davomida xalqaro tajriba almashish, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish hamda xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
💬 Seminar yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan fikr almashdilar hamda xalqaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.