Uchrashuv davomida talabalar uchun dastur imkoniyatlari, ishtirok etish shartlari, hujjat topshirish jarayoni hamda tanlov bosqichlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, ishtirokchilar xorijda ta’lim olish, xalqaro tajriba orttirish va akademik hamkorlikning afzalliklari bilan yaqindan tanishdilar.
👨🎓 Dastur doirasida:
🔛 Ingliz tili sertifikati talab etilmaydi
🔛 O‘qish bepul
🔛 Xalqaro akademik muhitda tahsil olish imkoniyati yaratiladi
🔛 Talabalar yangi bilim va tajriba orttirish imkoniga ega bo‘ladilar
📌 Eslatib o‘tamiz, dastur bo‘yicha arizalar qabuli 2026-yil 30-iyunga qadar davom etadi.
🌀 Toshkent xalqaro universiteti talabalarini xalqaro ta’lim imkoniyatlaridan faol foydalanishga chorlaydi va barcha ishtirokchilarga uchrashuvda qatnashganlari uchun minnatdorlik bildiradi.
🌎 Kelajak sari yangi qadamlar — xalqaro ta’lim bilan!