
Tashkent International Universityda Biznes va innovatsion ta’lim fakulteti tomonidan ochiq dars tashkil etilmoqda.
Mavzu:
“2008-yilgi global moliyaviy inqiroz: kelib chiqish sabablari, rivojlanish jarayoni va natijalari”
Mazkur ochiq dars zamonaviy iqtisodiyot tarixidagi eng muhim voqealardan biri bo‘lgan global moliyaviy inqirozni chuqur tahlil qilishga bag‘ishlanadi. Unda inqiroz qanday boshlanganligi, nima sababdan butun dunyo iqtisodiyotiga ta’sir ko‘rsatgani hamda bunday holatlarning takrorlanish ehtimoli muhokama qilinadi.
Dars davomida quyidagi masalalar yoritiladi:
— inqirozning asosiy sabablari
— uning rivojlanish mexanizmlari
— global iqtisodiyotga ta’siri va oqibatlari
Ma’ruzani rektor maslahatchisi, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Adham Sharipovich olib boradi. U o‘zining ilmiy va amaliy tajribasi asosida muhim tahliliy fikrlar bilan o‘rtoqlashadi.
Agar siz iqtisodiyot qanday ishlashini chuqurroq tushunmoqchi bo‘lsangiz, ushbu dars aynan siz uchun.