Tadbirlar

🇺🇿 TIUDA CHET ELLIK TALABALAR UCHUN O‘ZBEK TILI MASHG‘ULOTLARI YO‘LGA QO‘YILDI

Mashg‘ulotlar universitetimizning xorijiy tillar yo‘nalishida tahsil olayotgan talabasi tomonidan olib borilmoqda. Darslar davomida ishtirokchilar o‘zbek tilining boshlang‘ich asoslari, kundalik muloqotda qo‘llaniladigan iboralar hamda milliy madaniyat va qadriyatlar bilan yaqindan tanishib bormoqda.

 

🌟 Mazkur tashabbus chet ellik talabalarning o‘zbek tili va madaniyatiga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning universitet hamda mamlakatimiz ijtimoiy-madaniy muhitiga muvaffaqiyatli moslashuvini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.