Mazkur kelishuv ikki universitet o‘rtasida:
▫️ talaba va professor-o‘qituvchilar almashinuvi
▫️ qo‘shma ilmiy tadqiqotlar
▫️ konferensiya va seminarlar tashkil etish
▫️ xalqaro ta’lim dasturlarini rivojlantirish
kabi yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirishni nazarda tutadi.
Ushbu memorandum TIUning xalqaro hamkorlik geografiyasini kengaytirish va talabalar uchun yangi akademik imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.