Tadbir universitet rektori Baxtiyor Po’latovning kirish so‘zi bilan boshlandi.
Shundan so‘ng ishtirokchilar uchun:
📍 universitet hududi bo‘ylab tanishtiruv ekskursiyasi
📸 rasmiy fotosessiya tashkil etildi
Kun davomida loyiha doirasidagi asosiy ish paketlari (WP1–WP7) bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazildi. Ularda quyidagi yo‘nalishlar qamrab olindi:
- loyiha boshqaruvi
- Green Campus strategiyasini ishlab chiqish
- o‘quv dasturlarini integratsiya qilish
- salohiyatni oshirish
- barqaror infratuzilma
- hamjamiyat bilan hamkorlik
- loyiha natijalarini targ‘ib qilish
Shuningdek, loyiha veb-sayti taqdim etilib, yakuniy muhokama bilan kun yakunlandi.