Yangiliklar

TIUda offlayn kirish imtihonlari davom etmoqda

Tashkent International Universityda abituriyentlar uchun kirish imtihonlari muntazam ravishda tashkil etilmoqda.

Tashkent International University xalqaro universitetida abituriyentlar uchun kirish imtihonlari muntazam ravishda tashkil etilmoqda.

Universitetga qabul jarayoni doirasida o‘tkazilayotgan imtihonlar har hafta dushanbadan jumagacha, soat 10:00 dan 15:00 gacha bo‘lib o‘tadi. Bu esa abituriyentlarga o‘zlari uchun qulay vaqtda imtihonda ishtirok etish hamda universitet talabasi bo‘lish imkoniyatini yaratadi.

Quyidagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kirish imtihonlari faqat offlayn shaklda tashkil etiladi:

Yurisprudensiya;
Filologiya va tillarni o‘qitish: koreys tili;
Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili.

Mazkur yo‘nalishlarda tahsil olishni istagan abituriyentlar universitetda tashkil etiladigan an’anaviy imtihonlarda bevosita ishtirok etishlari lozim.

Shu bilan birga, boshqa barcha ta’lim yo‘nalishlari uchun abituriyentlarga qo‘shimcha qulaylik yaratilgan bo‘lib, ular kirish imtihonlarini o‘z xohishlariga ko‘ra onlayn yoki offlayn shaklda topshirishlari mumkin.

Tashkent International University qabul jarayonining shaffofligi, adolatliligi va qulayligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratadi. Universitet zamonaviy ta’lim muhiti, malakali professor-o‘qituvchilar jamoasi hamda xalqaro standartlarga mos o‘quv dasturlari orqali yoshlarning sifatli ta’lim olishiga keng imkoniyatlar yaratib kelmoqda.

Ro‘yxatdan o‘tish va kirish imtihonlarida ishtirok etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang.

SIZNI YANGI BILIM VA IMKONIYATLAR KUTMOQDA!

Ro'yxatdan o'tish: qabul.tiu.uz

Axborot-maslahat markazi: +998555175353

Murojaat uchun: @tiuqabul