Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 2-iyundagi PF–103-son Farmoni asosida “Askiya, qiziqçilik va stendap” ijodiy birlaşmasi taşkil etildi. Birlaşma Madaniyat vazirligi kömagida “Kelajak söz ustasi” respublika körik-tanlovini ötkazmoqda.
Tanlovdan maqsad — maktab öquvçilari va oliy ta’lim talabalari orasidan askiya, qiziqçilik va stendap san’ati böyiça iqtidorli yoşlarni kaşf etiş. Taşkilotçilar ularning ijodiy faolligini oşiriş va har tomonlama qöllab-quvvatlaşni maqsad qilgan.
Tanlov uç yönalişda ötadi: askiya, qiziqçilik va stendap. Söz öyinini yaxşi körsangiz, döstlaringizni kuldira olsangiz yoki sahnaga çiqişni orzu qilsangiz, bu imkoniyatni qöldan boy bermang.
Röyxatdan ötiş onlayn:
Tanlov şartlari, bosqiçlari va baholaş mezonlari ilovadagi nizomda berilgan.
Toşkent xalqaro universiteti talabalarini tanlovda faol iştirok etişga çaqiramiz. Savollar böyiça Yoşlar bilan işlaş bölimiga murojaat qiling.