Chet tillari va adabiyot
Tillar, tarjima va adabiyot kafedrasi
Tillar, tarjima va adabiyot kafedrasi
Professor-o'qituvchilar va xodimlar
Nigina Pardayevna Kurbanova
Kafedra mudiri
niginakurbanova62@gmail.com
Kurbanova Nigina Pardayevna — pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta o‘qituvchi, Xorijiy tillar kafedrasi mudiri. 1985-yilda Samarqand viloyati Jomboy tumanida tug‘ilgan. Samarqand davlat chet tillari institutida bakalavriatni va Webster oliygohida magistraturani tamomlagan. 2020–2024-yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida katta o‘qituvchi bo‘lib ishlagan, 2024-yildan buyon TIU da faoliyat yuritadi. Ilmiy izlanishlari bo‘lajak mutaxassislarda metakompetensiyalar hamda ijodiy tafakkurni rivojlantirishning pedagogik mexanizmlariga bag‘ishlangan.
Mohira Shavkatjonovna Boymirzayeva
Dotsent v.b.
mohira6655@gmail.com
Boymirzayeva Mohira Shavkatjonovna — PhD, Xorijiy tillar kafedrasining vazifasini bajaruvchi dotsenti. U talabalarga Yuristlar uchun xorijiy til, Xorijiy til, Ingliz tili tarixi va O‘qish va yozish amaliyoti fanlaridan dars beradi. Ilmiy qiziqishlari ingliz tilini o‘qitish metodikasiga qaratilgan. Aralash ta’lim (blended learning), EFL sinflarida innovatsion metodologiyalar va o‘qituvchi–talaba o‘zaro ta’siri mavzularida xalqaro ilmiy nashrlarga ega.
Sohiba Otaxonovna Sapayeva
Dotsent v.b
sapaevasokhiba@gmail.com
Sapayeva Sohiba Otaxonovna — filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), vazifasini bajaruvchi dotsent. U Tinglash va so‘zlashish ko‘nikmalari I, O‘qish va yozish ko‘nikmalari I, Ingliz tili stilistikasi hamda Xorijiy tillarini o‘qitishda yondashuv va metodlar fanlaridan dars beradi. Ilmiy izlanishlari ingliz va o‘zbek badiiy matnlaridagi «vaqt» tushunchasining pragmalingvistik tadqiqiga bag‘ishlangan. O‘zbekiston, Buxoro va Moskva ilmiy nashrlarida kognitiv metafora va qiyosiy tilshunoslik mavzularida maqolalari chop etilgan.
Kamola Baxramovna Raimova
Dotsent v.b
kamolaraimova7@gmail.com
Raimova Kamola Baxramovna — Xorijiy tillar kafedrasining vazifasini bajaruvchi dotsenti. U talabalarga O‘qish va yozish, Amaliy ingliz tili fonetikasi hamda masofaviy ta’limda Xorijiy til fanlaridan dars beradi. Ilmiy qiziqishlari lingvistika va til o‘qitish metodikasiga yo‘naltirilgan. Oliy ta’limda psixolingvistika va kognitiv psixologiyaning roli, inglizcha o‘rganishda til va tananing o‘zaro ta’siri mavzularida tadqiqotlar olib boradi.
Shaxnoza Abdullayevna Xodiyeva
Katta o'qituvchi
hodievasahnoza@gmail.com
Xodiyeva Shaxnoza Abdullayevna — Xorijiy tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi. U talabalarga ingliz tilidan dars beradi. Ilmiy qiziqishlari xorijiy tillarni o‘qitish metodikasi va tarbiya nazariyasiga qaratilgan. «Teaching as a Discipline: Development and Practice» mavzusidagi maqolalari metodik adabiyotlarda chop etilgan.
Nargiza Abduxafizovna Abduxafizova
Katta o'qituvchi
nargizaabduxafizova@gmail.com
Abduxafizova Nargiza Abduxafizovna — Xorijiy tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi. U Leksikologiya va Yuristlar uchun xorijiy til fanlaridan dars beradi. Ilmiy qiziqishlari xorijiy tillarni o‘qitish metodikasiga yo‘naltirilgan. «Application of Innovative Technologies in the Social and Humanitarian Fields» va tegishli mavzularda maqolalar muallifi.