2026-yil 19-may kuni “Tashkent International University” xalqaro universitetida “Yoşlar – giyohvandlikka qarşimiz!” respublika körik-tanlovining universitet bosqiçi yuqori saviyada taşkil etilgani qayd etildi. Tadbirni universitetning Yoşlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy işlar böyiça prorektor B. Kurbanov kiriş sözi bilan oçib berdi. Öz nutqida yoşlarni soğlom turmuş tarziga yönaltiriş, ularni turli zararli illatlar, xususan giyohvandlikning salbiy oqibatlaridan ogoh etiş hamda yoşlar orasida soğlom dunyoqaraşni şakllantiriş bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biri ekanligini ta’kidladi. Körik-tanlov talaba-yoşlar örtasida soğlom turmuş tarzini tarğib etiş, giyohvandlik va boşqa zararli illatlarga nisbatan murosasiz munosabatni şakllantiriş, yoşlarning ijodiy salohiyatini rivojlantiriş hamda ularning ijtimoiy faolligini oşiriş maqsadida taşkil etildi. Tanlovda universitetning turli fakultet va ta’lim yönalişlarida tahsil olayotgan talabalar jamoaviy şaklda iştirok etdilar. Iştirokçilar mavzu yuzasidan öz qaraşlari, takliflari va ijodiy yondaşuvlarini namoyon etib, giyohvandlikning jamiyat va inson hayotiga salbiy ta’sirini turli usullar orqali yoritib berdilar. Körik-tanlov quyidagi yönalişlar böyiça taşkil etildi: Inşo yoziş; Rasm çiziş; Qisqa videorolik tayyorlaş; Sahna körinişi namoyiş etiş. Tanlov davomida iştirokçilar tomonidan tayyorlangan ijodiy işlar va çiqişlar giyohvandlikka qarşi kuraş, soğlom hayot tarzining afzalliklari, yoşlarning böş vaqtini mazmunli taşkil etiş hamda zararli odatlardan yiroq böliş kabi muhim masalalarni keng yoritib berdi. Ayniqsa, sahna körinişlari va videoroliklarda giyohvandlikning inson salomatligi, oilaviy muhit va jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri hayotiy misollar asosida körsatilib, tomoşabinlarda katta taassurot qoldirdi. Inşo va rasm işlari esa mavzuning mazmun-mohiyatini çuqur anglagan holda ijodiy yondaşuv asosida tayyorlangani bilan ajralib turdi. Hakamlar hay’ati tomonidan barça ijodiy işlar va çiqişlar mavzuning yoritilişi, mazmunning dolzarbligi, ta’sirçanligi, ijodkorlik darajasi, estetik talablarga mosligi hamda jamoaviy hamkorlik mezonlari asosida xolisona baholandi. Tanlov yakunida ğolib jamoalar aniqlandi hamda ular diplom va esdalik sovğalari bilan taqdirlandi.
NATIJALAR:
1-örin — “Immunitet” jamoasi
2-örin — “Kelajak dozasi” jamoasi
3-örin — “Iqtisodçilar” jamoasiSoğlom turmuş tarzini tarğib qiluvçi tanlovlar yoşlarni zararli odatlarning oqibatlari haqida mustaqil fikr yuritişga undaydi. Jamoalar tomonidan mavzuni turli ijodiy şakllarda yoritiş profilaktik mazmundagi ğoyalarni tengdoşlariga tuşunarli yetkazişga yordam beradi.








