Yangiliklar

TIU talabalari stol tennisi musobaqasida faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi

Tashkent International University talabalari “Yangi Oʻzbekiston talabalari Olimpiadasi” doirasidagi stol tennisi musobaqasida faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdilar.

Tashkent International University talabalari “Yangi Oʻzbekiston talabalari Olimpiadasi” doirasida tashkil etilgan stol tennisi musobaqasida muvaffaqiyatli ishtirok etib, faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdilar.

Mazkur musobaqa Tashkent State Transport Universityda o‘tkazilib, unda turli oliy ta’lim muassasalarining iqtidorli talaba-sportchilari o‘zaro kuch sinashdilar.

Universitetimiz sharafini himoya qilgan Mahmudov Bilol Dilshodovich hamda Abdusalimova Zeboxon Hayrullo qizi musobaqa davomida yuqori mahorat, tezkorlik va kuchli iroda namoyish etdilar.

🏆 Yakuniy natijalarga ko‘ra, Tashkent International University jamoasi faxrli 2-o‘rinni egalladi.

Ushbu natija talabalarimizning sportga bo‘lgan qiziqishi, intilishi va muntazam tayyorgarligining yorqin ifodasi bo‘ldi. Shuningdek, bu yutuq universitetda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda sportni rivojlantirishga qaratilgan ishlarning samarasi hisoblanadi.

✨ Talabalarimizni ushbu muvaffaqiyat bilan samimiy tabriklaymiz va ularga kelgusi musobaqalarda ham ulkan zafarlar tilaymiz.