Toşkent International University (TIU)ning bir guruh iqtidorli talabalari Şvetsiyaning nufuzli Lund universitetida Erasmus+ Xalqaro kredit mobilligi dasturida iştirok etiş uçun muvaffaqiyatli tanlab olindi. Mazkur universitet QS reytingida dunyoning Top 76 taligi qatoridan örin olgan. Talabalar tanlovning bir neça bosqiçlaridan muvaffaqiyatli ötişdi. Jumladan, ular bir betlik motivatsion xat taqdim etdilar, Özbekistonda korrupsiyaga qarşi kuraş va biznes muhiti mavzusida 1500 sözli akademik esse yozdilar, özlarining yuqori akademik körsatkiçlari hamda ingliz tilini biliş darajasini tasdiqlovçi hujjatlarni topşirdilar. Şuningdek, 2 daqiqalik ilmiy taqdimot videosi tayyorlab, tanlov komissiyasi bilan suhbatdan ötdilar. Öqiş muddati 2026-yil 15-yanvardan 15-iyungaça davom etdi. Grant paketi aviaçipta xarajatlarini qoplaş, kontrakt tölovidan ozod etiş hamda har oy 900 yevro miqdorida stipendiya ajratişni öz içiga oladi. Tanlab olingan talabalar xalqaro akademik muhitda tahsil olib, Yevropa tajribasi asosida korrupsiyaga qarşi kuraş va biznes muhitini yaxşilaşga qaratilgan ilğor strategiyalarni örganiş imkoniyatiga ega böldilar.Akademik mobillik dasturlari boşqa ta’lim muhitidagi öquv yondaşuvlari bilan tanişiş va kasbiy dunyoqaraşni kengaytirişga yordam beradi. Xorijiy universitet bilan boğliq tajriba talabalar uçun mustaqil ta’lim oliş, madaniyatlararo muloqot va xalqaro loyihalar bilan işlaş masalalarini çuqurroq anglaş imkoniyatidir.


