"Tashkent International University" xalqaro universitetining Yurisprudensiya fakultetidan iborat jamoa F.F. Martens nomidagi Xalqaro gumanitar huquq bo‘yicha nufuzli xalqaro tanlovda ishtirok etib, universitetimiz sha’nini munosib himoya qildi. Mazkur musobaqa Rossiya va MDH mamlakatlari talabalari o‘rtasida xalqaro gumanitar huquq sohasidagi eng yirik va obro‘li bellashuvlardan biri hisoblanadi. Tanlov davomida ishtirokchilar murakkab hamda real vaziyatlarga yaqinlashtirilgan huquqiy vaziyatlar asosida o‘z bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazdilar. Jamoamiz a’zolari yuridik maslahatchilar, mudofaa vazirligi vakillari hamda Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasi delegatlari sifatida chiqish qilib, amaliy huquqiy masalalarga yechim topish bo‘yicha faol ishtirok etdilar.Talabalarimiz tanlovning barcha bosqichlarida muvaffaqiyatli qatnashib, yozma topshiriqlarni bajardilar, og‘zaki bahs-munozaralarda ishtirok etdilar hamda tajribali hakamlar hay’ati oldida o‘z pozitsiyalarini himoya qildilar. Ushbu jarayon ularga xalqaro gumanitar huquq bo‘yicha chuqur bilimlarini mustahkamlash bilan birga, tanqidiy fikrlash, tezkor qaror qabul qilish va jamoada samarali ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish imkonini berdi.Universitetimizni xalqaro maydonda munosib tarzda namoyon etgan jamoamiz bilan faxrlanamiz va ularga kelgusi faoliyatlarida yanada ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!


