Yangiliklar

Tashkent International University JY Korea bilan hamkorlik orqali xalqaro hamkorlik geografiyasini kengaytirmoqda

Korea–Uzbekistan Energy Value Networks Forum doirasida Tashkent International University hamda JY Korea örtasida hamkorlik memorandumi (MoU) imzolandi.

Korea–Uzbekistan Energy Value Networks Forum doirasida Tashkent International University hamda JY Korea örtasida hamkorlik memorandumi (MoU) imzolandi.

Forum Koreya va Özbekiston hamkorlari örtasida muloqot uçun maydon bölib xizmat qildi, uning doirasida memorandum imzolanişi esa ikki mamlakat muassasalari örtasidagi hamkorlikka bölgan qiziqiş ortib borayotganini körsatadi.

Uçraşuv davomida xalqaro hamkorlikni rivojlantiriş, akademik almaşinuv dasturlarini yölga qöyiş, qöşma ta’lim va ilmiy loyihalarni amalga oşiriş hamda özaro tajriba almaşiş istiqbollari muhokama qilindi.

Uşbu yönalişlar TIU talabalari va professor-öqituvçilari uçun yangi imkoniyatlar, jumladan, akademik almaşinuvlarda iştirok etiş hamda qöşma ta’lim va ilmiy taşabbuslarga jalb etiliş imkoniyatlarini yaratişga qaratilgan.

Mazkur memorandum Tashkent International Universityning xalqaro hamkorlik tarmoğini yanada kengaytiriş, ta’lim va ilmiy faoliyat sifatini oşiriş hamda istiqbolda yangi qöşma loyihalarni amalga oşiriş yölidagi muhim qadamlardan biri böldi.

Tashkent International University universitetda ta’lim va ilm-fan rivojini qöllab-quvvatlovçi hamkorliklarni yölga qöyib, xalqaro hamkorlik geografiyasini kengaytirişda davom etmoqda.