Yangiliklar

TIUda 2025–2026-öquv yilida samarali faoliyat yuritgan professor-öqituvçilar taqdirlandi

Tashkent International Universityda 2025–2026-öquv yili davomida ta’lim-tarbiya jarayoniga munosib hissa qöşgan, özining samarali faoliyati, kasbiy mahorati va fidoyiligi bilan ajralib turgan professor-öqituvçilarni…

Tashkent International Universityda 2025–2026-öquv yili davomida ta’lim-tarbiya jarayoniga munosib hissa qöşgan, özining samarali faoliyati, kasbiy mahorati va fidoyiligi bilan ajralib turgan professor-öqituvçilarni taqdirlaş marosimi bölib ötdi.

Mazkur taqdirlaş professor-öqituvçilarning sifatli ta’lim beriş, talabalarning bilim va könikmalarini rivojlantiriş hamda universitetda ta’lim sifatini yuksaltiriş borasidagi mehnatini e’tirof etişga qaratildi.

Tadbir davomida öquv yili mobaynida yuqori mas’uliyat va taşabbuskorlik namoyon etgan ustozlarga universitet tomonidan taşakkurnomalar, şuningdek, universitetning yaqin hamkorlaridan biri — Apex Bank tomonidan esdalik sovğalari topşirildi.

Mazkur taşabbus professor-öqituvçilarning fidokorona mehnatini munosib baholaş, ularning kasbiy faoliyatini rağbatlantiriş hamda universitet va hamkor taşkilotlar örtasidagi özaro hamkorlikni mustahkamlaşga xizmat qiladi.

Tashkent International University jamoasi taqdirlangan professor-öqituvçilarni samimiy tabriklab, ularning kelgusidagi ilmiy-pedagogik faoliyatida yangi yutuq va muvaffaqiyatlar tilaydi.