Özbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oliy ta’lim tizimida samarali faoliyat yuritib, yoş avlodga sifatli ta’lim beriş, ilm-fanni rivojlantiriş hamda yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaşga munosib hissa qöşib kelayotgan bir guruh professor-öqituvçilar taqdirlandi.
Jumladan, Tashkent International University Huquqiy fanlar kafedrasi professori Murodov Baxtiyor Baxodiroviç oliy ta’lim sohasidagi samarali faoliyati, yuksak pedagogik mahorati, köp yillik fidokorona mehnati hamda talabalarning kasbiy va ilmiy salohiyatini rivojlantirişga qöşgan munosib hissasi uçun “Oliy ta’lim a’lochisi” kökrak nişoni bilan taqdirlandi.
Mazkur mukofot professor B. Murodovning ta’lim sifatini oşiriş, yoş mutaxassislarni tayyorlaş hamda universitetda ilmiy-pedagogik faoliyatni rivojlantiriş yo‘lidagi mehnatining yuksak e’tirofi hisoblanadi.
Tashkent International University jamoasi professor Murodov Baxtiyor Baxodiroviçni uşbu faxriy mukofot bilan samimiy tabriklaydi hamda kelgusidagi ilmiy-pedagogik faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar tilaydi.

