Yangiliklar

Tashkent International University professor-öqituvçilari DGISTning ilğor robototexnika laboratoriyalarida

Tashkent International University Aniq fanlar va raqamli texnologiyalar kafedrasi mudiri S.S. Babayev hamda kafedra dotsenti J.R. Abdurazzoqov ilmiy tajriba almaşiş va hamkorlik istiqbollarini rivojlantiriş maqsadida…

Tashkent International University Aniq fanlar va raqamli texnologiyalar kafedrasi mudiri S.S. Babayev hamda kafedra dotsenti J.R. Abdurazzoqov ilmiy tajriba almaşiş va hamkorlik istiqbollarini rivojlantiriş maqsadida Janubiy Koreyaning nufuzli ilmiy-ta’lim muassasalaridan biri — “Daegu Gyeongbuk Institute of Science and Technology (DGIST)”da bölib turibdilar.

Taşrif doirasida universitet vakillari Robototexnika va mexatronika muhandisligi kafedrasi professori Okkyun Lee hamrohligida DGISTning ikki ilğor ilmiy laboratoriyasi faoliyati bilan yaqindan tanişdilar. Bu TIU professor-öqituvçilariga zamonaviy robototexnika tadqiqotlari qanday taşkil etilişi va olib borilişini bevosita köriş imkonini berdi.

SurgLab

SurgLab laboratoriyasida jarrohlik robotlari, sun’iy intellekt asosidagi jarrohlik tizimlari, egiluvçan robotlar, masofadan boşqariş texnologiyalari hamda yuqori aniqlikdagi robot manipulyatsiyasi böyiça olib borilayotgan zamonaviy ilmiy işlanmalar taqdim etildi. Uşbu yönalişlar robototexnika, sun’iy intellekt va tibbiyotni birlaştirib, zamonaviy tadqiqotlarning fanlararo xususiyatini yaqqol namoyon etadi.

Motion Control Lab

Motion Control Lab laboratoriyasida esa robotlar harakatini boşqariş, mobil robotlar, kuçni aniqlaş va baholaş tizimlari hamda yuqori aniqlikdagi boşqaruv texnologiyalari yönalişidagi ilmiy tadqiqotlar bilan tanişildi. Bu işlar robotlarning aniq va işonçli harakatlanişi hamda atrof-muhit bilan özaro ta’siriga oid asosiy masalalarga qaratilgan.

Uçraşuv davomida robototexnika sohasidagi ilğor ilmiy yondaşuvlar, qöşma ilmiy loyihalarni yölga qöyiş hamda Tashkent International University va DGIST örtasidagi hamkorlikni yanada kengaytiriş istiqbollari muhokama qilindi.

Taşrif davomida orttirilgan tajriba Aniq fanlar va raqamli texnologiyalar kafedrasi uçun qimmatli bölib, TIUning xalqaro ilmiy aloqalarini mustahkamlaş hamda zamonaviy texnologik yönalişlarda ta’lim va tadqiqotlarni rivojlantiriş borasidagi sa’y-harakatlarini qöllab-quvvatlaydi.