Tashkent International University delegatsiyasi Turkiyaning Karabük universitetida Erasmus+ dasturi doirasida amalga oşirilayotgan GreenCamUz (Green Campus Initiative) xalqaro loyihasi tadbirlarida faol iştirok etmoqda.
Tadbirlar doirasida loyiha iştirokçilari Karabük universitetining ilmiy laboratoriyalari, zamonaviy tadqiqot infratuzilmasi hamda ekologik barqarorlikni ta’minlaşga qaratilgan innovatsion işlanmalar bilan yaqindan tanişmoqda. Bu bevosita tajriba hamkorlarga barqarorlik tamoyillarini universitetda ilmiy tadqiqotlar va infratuzilma orqali qanday qöllab-quvvatlaş mumkinligini köriş imkonini beradi.
Şuningdek, xalqaro ekspertlar va yetakçi olimlar iştirokida quyidagi mavzularda seminar va taqdimotlar taşkil etilmoqda:
- oliy ta’limda barqaror rivojlaniş tamoyillarini joriy etiş
- yaşil kampus konsepsiyasi
- atrof-muhitni muhofaza qiliş
- çiqindilarni samarali boşqariş
- suv resurslaridan oqilona foydalaniş
Mazkur xalqaro tadbirlarda Tashkent International Universitydan akademik işlar böyiça prorektor Akram Absalamov, ilmiy işlar va xalqaro aloqalar böyiça prorektor Şerzod Xannayev hamda Iqtisodiyot va moliya kafedrasi mudiri Ilyos Abduraxmonov iştirok etmoqda.
TIU delegatsiyasi loyiha doirasida xorijiy hamkor universitetlar vakillari bilan tajriba almaşib, ekologik barqarorlik, yaşil texnologiyalarni oliy ta’lim tizimiga integratsiya qiliş hamda xalqaro ilmiy hamkorlikni yanada kengaytiriş yuzasidan muloqotlar olib bormoqda.
Uşbu tadbirlarda iştirok etiş Tashkent International Universityga universitetda yaşil kampus konsepsiyasini rivojlantirişni qöllab-quvvatlaydigan va talabalar hamda professor-öqituvçilar uçun akademik muhitni boyitadigan xalqaro tajribani olib keliş imkonini beradi.


