Yangiliklar

TIU delegatsiyasi GreenCamUz treningi doirasida Karabük universiteti rektori bilan uçraşdi va köçat ekdi

Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi doirasida amalga oşirilayotgan GreenCamUz (Green Campus Initiative) loyihasi böyiça Turkiyaning Karabük universitetida xalqaro trening davom etmoqda. Treningda Tashkent…

Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi doirasida amalga oşirilayotgan GreenCamUz (Green Campus Initiative) loyihasi böyiça Turkiyaning Karabük universitetida xalqaro trening davom etmoqda. Treningda Tashkent International University delegatsiyasi faol iştirok etmoqda.

Trening loyihaning hamkor universitetlarini barqarorlik tamoyillarini joriy etiş böyiça bilim va amaliy tajriba almaşiş uçun birlaştiradi hamda TIU delegatsiyasiga mezbon muassasa va uning rahbariyati bilan bevosita muloqot qiliş imkonini beradi.

Trening doirasida universitetimiz vakillari Karabük universiteti rektori Prof. Dr. Fatih Kırışık bilan uçraşib, oliy ta’lim muassasalari örtasidagi hamkorlik istiqbollari, barqaror rivojlaniş va “yaşil kampus” taşabbuslarini rivojlantiriş masalalari yuzasidan fikr almaşdilar. Uçraşuv yakunida Tashkent International University nomidan esdalik sovğasi topşirildi.

Şuningdek, universitetimizning ilmiy işlar va xalqaro aloqalar böyiça prorektori Şerzod Xannayev hamda akademik işlar böyiça prorektori Akrom Absalamov xalqaro trening dasturi doirasida taşkil etilgan köçat ekiş aksiyasida iştirok etib, ekologik barqarorlik va yaşil taşabbuslarni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan amaliy tadbirga öz hissalarini qöşdilar.

Köçat ekiş aksiyasi treningga amaliy mazmun bağişlab, maşğulotlarda muhokama qilingan tamoyillarni oddiy va mazmunli harakatlar orqali amalda qöllaş mumkinligini körsatdi.

Mazkur trening oliy ta’lim muassasalarida barqaror rivojlaniş tamoyillarini joriy etiş, xalqaro tajriba almaşiş hamda universitetlar örtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlaşga xizmat qilmoqda. Tashkent International University uçun esa bu GreenCamUz loyihasi doirasidagi hamkorlik aloqalarini çuqurlaştiriş yölidagi navbatdagi qadamdir.