Yangiliklar

“Tashkent International University” xalqaro universiteti talabalarining Qöqon universitetida ötkazilgan “Eng yaxşi startaplar” musobaqasidagi iştiroki töğrisida

“Tashkent International University” xalqaro universiteti talabalarining Qöqon universitetida ötkazilgan “Eng yaxşi startaplar” musobaqasidagi iştiroki töğrisida. Qöqon universitetida talabalar örtasida “Eng yaxşi…

“Tashkent International University” xalqaro universiteti talabalarining Qöqon universitetida ötkazilgan “Eng yaxşi startaplar” musobaqasidagi iştiroki töğrisida. Qöqon universitetida talabalar örtasida “Eng yaxşi startaplar” musobaqasi yuqori saviyada taşkil etilgani hamda unda respublikaning turli oliy ta’lim muassasalaridan iqtidorli va taşabbuskor talabalar iştirok etgani qayd etildi. Mazkur musobaqa yoşlarning innovatsion fikrlaşini qöllab-quvvatlaş, startap ekotizimini rivojlantiriş, talabalarning tadbirkorlik könikmalarini şakllantiriş hamda istiqbolli loyihalarni aniqlaş maqsadida taşkil etildi. Musobaqada jami 20 ta jamoa öz startap loyihalari bilan qatnaşdi. Tashkent International University nomidan iştirok etgan talabalar — Amonov Mergan (DT-1-24 guruhi) va Rafiqov Ibrohimjon (CS-1-25 guruhi) özlarining innovatsion loyihalari bilan musobaqada munosib iştirok etdilar. Iştirokçilar tomonidan taqdim etilgan loyiha zamonaviy muammolarga innovatsion yondaşuv asosida amaliy yeçim taklif qilişi, iqtisodiy samaradorligi, istiqbolliligi hamda amaliy ahamiyati bilan ajralib turdi. Talabalar loyiha taqdimoti davomida özlarining tahliliy fikrlaş, muammoni aniqlaş va samarali yeçim işlab çiqiş borasidagi bilim va könikmalarini muvaffaqiyatli namoyiş etdilar. Musobaqa jarayonida iştirokçilarning startap loyihalari hakamlar hay’ati tomonidan innovatsionlik darajasi, amaliy ahamiyati, iqtisodiy samaradorligi, taqdimot sifati hamda loyiha istiqbollari mezonlari asosida baholandi. Şuningdek, hakamlar hay’ati tarkibida iştirok etgan viloyat va şahar hokimligi mutaxassislari Tashkent International University talabalari tomonidan taqdim etilgan loyiha dolzarbligi, kreativ yondaşuv va taqdimot mahoratini yuqori baholadilar. Musobaqa yakunlariga köra Tashkent International University jamoasi barça iştirokçilar orasida yuqori natija körsatib, faxrli 2-örinni egalladi. Mazkur natija universitet talabalari orasida innovatsion fikrlaş, ilmiy-ijodiy faoliyat va startap loyihalar yaratiş könikmalarini rivojlantiriş böyiça amalga oşirilayotgan işlarning samarali natijasi ekanligi ta’kidlandi. Qayd etildiki, bunday musobaqalar talabalarning amaliy bilimlarini mustahkamlaş, ularni tadbirkorlik va innovatsion faoliyatga keng jalb qiliş hamda istiqbolli loyihalarni qöllab-quvvatlaşda muhim ahamiyat kasb etadi. NATIJALAR: 2-örin — Tashkent International University jamoasi Jamoa a’zolari: Amonov Mergan — DT-1-24 guruhi talabasi; Rafiqov Ibrohimjon — CS-1-25 guruhi talabasi.Startap musobaqalarida ğoyaning yangiligi bilan birga, u hal qiladigan muammo, maqsadli foydalanuvçilar va amaliy joriy etiş imkoniyatlari ham muhimdir. Talabalarning loyiha taqdim etiş tajribasi innovatsion fikrni asoslangan taklifga aylantiriş hamda jamoada vazifalarni taqsimlaş kompetensiyalarini şakllantiradi.