Yangiliklar

TIU dotsentining ilmiy maqolasi Scopus Q2 jurnalida chop etildi

Tashkent International University Iqtisodiyot va moliya kafedrasi dotsentining ilmiy maqolasi Scopus bazasiga kiruvchi Q2 reytingli xalqaro ilmiy jurnalda chop etildi.

Tashkent International University ilmiy-tadqiqot faoliyatida navbatdagi muhim yutuqqa erishildi.

Universitetning Iqtisodiyot va moliya kafedrasi dotsenti Allaberganov Sirojali Sahatovichning ilmiy maqolasi dunyoning eng nufuzli ilmiy ma’lumotlar bazalaridan biri bo‘lgan Scopus tizimiga kiruvchi, Q2 reytingli Journal of Internet Services and Information Security (JISIS) xalqaro ilmiy jurnalida muvaffaqiyatli chop etildi.

“Zero-Knowledge Proof Protocols for Enhancing Economic Security in Global Decentralized Supply Chain Networks” nomli ilmiy maqolada global markazlashmagan ta’minot zanjirlarida iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash, raqamli ma’lumotlarni himoya qilish hamda zamonaviy Zero-Knowledge Proof protokollarini qo‘llash orqali ishonchli va xavfsiz raqamli iqtisodiy infratuzilmani shakllantirish masalalari ilmiy asosda tahlil qilingan.

Mazkur maqolaning Scopus bazasiga kiruvchi Q2 toifasidagi xalqaro ilmiy jurnalda e’lon qilinishi universitet professor-o‘qituvchilarining ilmiy salohiyati, olib borilayotgan tadqiqotlarning dolzarbligi hamda xalqaro akademik hamjamiyat tomonidan e’tirof etilayotganining yana bir yorqin isbotidir. Bunday ilmiy yutuqlar universitetning xalqaro ilmiy reytinglardagi nufuzini mustahkamlash, ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish hamda yosh tadqiqotchilar uchun yangi imkoniyatlar yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Tashkent International University jamoasi Allaberganov Sirojali Sahatovichni ushbu yuksak ilmiy yutuq bilan samimiy muborakbod etadi hamda kelgusidagi ilmiy izlanishlari va akademik faoliyatida yanada ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.

Maqola nomi:

Zero-Knowledge Proof Protocols for Enhancing Economic Security in Global Decentralized Supply Chain Networks

Maqola havolasi:
https://jisis.org/article/2026.I1.026/73078/

Scopus havolasi:
https://www.scopus.com/sourceid/21100935071