Yangiliklar

TIU va Westcliff University örtasida xalqaro hamkorlik memorandumi imzolandi

Tashkent International University va Amerika Qöşma Ştatlarining Westcliff University universiteti örtasida xalqaro akademik hamkorlikni rivojlantirişga qaratilgan Hamkorlik Memorandumi (Cooperative Exchange Agreement)…

Tashkent International University va Amerika Qöşma Ştatlarining Westcliff University universiteti örtasida xalqaro akademik hamkorlikni rivojlantirişga qaratilgan Hamkorlik Memorandumi (Cooperative Exchange Agreement) imzolandi. Mazkur kelişuv ikki oliy ta’lim muassasasi örtasidagi aloqalarni yangi bosqiçga olib çiqiş hamda xalqaro ta’lim imkoniyatlarini kengaytiriş yölidagi muhim qadam hisoblanadi.

Memorandum doirasida quyidagi yönalişlarda hamkorlik közda tutilgan:

  • talabalar almaşinuvi
  • professor-öqituvçilar va xodimlar almaşinuvi
  • qöşma ta’lim hamda ilmiy tadqiqot faoliyatini rivojlantiriş
  • ta’lim sifatini oşirişga qaratilgan akademik taşabbuslarni amalga oşiriş

Uşbu yönalişlar birgalikda öqitiş va ta’lim olişdan tortib ilmiy tadqiqotlargaça bölgan universitet hayotining asosiy jabhalarini qamrab oladi hamda ikki universitet akademik hamjamiyatlari örtasida barqaror hamkorlik uçun asos yaratadi.

Kelişuvga muvofiq, Tashkent International University talabalari Westcliff University’ning AQŞdagi kampusida ta’lim oliş imkoniyatiga ega böladilar. Şuningdek, F1 Campus dasturi böyiça kontrakt tölovlariga 20 foizgaça stipendiya oliş imkoniyati nazarda tutilgan, bu esa TIU talabalari uçun AQŞda öqişni yanada qulayroq qiladi.

Uşbu hamkorlik TIU talabalari va professor-öqituvçilari uçun xalqaro akademik tajribani kengaytiriş, yangi ta’lim va ilmiy imkoniyatlardan foydalaniş hamda kasbiy salohiyatni rivojlantirişga xizmat qiladi. Memorandum ikki universitet örtasida uzoq muddatli akademik aloqalarni mustahkamlaş uçun yangi istiqbollarni oçadi.

Dasturlar böyiça qöşimça ma’lumotlarni TIUning rasmiy xalqaro kanali orqali oliş mumkin.