Yangiliklar

“Ijtimoiy fanlar va ta’lim” kafedrasi huzurida ochiq dars o‘tkaziladi.

Mazkur ochiq darsda morfemika va morfema tushunchalari, so‘zning morfemik tarkibi, o‘zak va qo‘shimchalar, ularning turlari hamda so‘z tarkibini morfemik tahlil qilish usullari yoritiladi.

OCHIQ DARS E’LONI

“Ijtimoiy fanlar va ta’lim” kafedrasi huzurida ochiq dars o‘tkaziladi.

Mavzu: “Morfemika va morfema haqida umumiy ma’lumot”

Fan: Boshlang‘ich sinflarda o‘zbek tilini o‘qitish metodikasi

O‘qituvchi: Sharofat Kalandarova, “Ijtimoiy fanlar va ta’lim” kafedrasi o‘qituvchisi

Guruh: BT-1-25

📅 O‘tkaziladigan sana: 09.10.2026

⏰ Vaqti: 10:00 (2-para)

📍 Manzil: A-bino, 205-xona

Mazkur ochiq darsda morfemika va morfema tushunchalari, so‘zning morfemik tarkibi, o‘zak va qo‘shimchalar, ularning turlari hamda so‘z tarkibini morfemik tahlil qilish usullari yoritiladi. Shuningdek, boshlang‘ich sinflarda morfemik tushunchalarni o‘rgatishning metodik xususiyatlari, o‘quvchilarda so‘z tarkibini anglash va tahlil qilish ko‘nikmalarini shakllantirish yo‘llari amaliy misollar asosida ko‘rib chiqiladi. Ochiq dars davomida nazariy bilimlar interfaol metodlar, amaliy topshiriqlar va talabalar bilan faol hamkorlik asosida mustahkamlanadi.

Barcha professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar va talabalarni ochiq darsda faol ishtirok etishga taklif etamiz!