Yangiliklar

"Toshkent – investorlar uchun eng ishonchli manzil"

"Xalq so'zi" gazetasida TIU rektori Iskandar Yuldashevning Toshkentning investitsion jozibadorligi va poytaxtning mintaqadagi iqtisodiy ahamiyati haqidagi tahliliy maqolasi chop etildi.

Bugungi kunda investitsiyalarni jalb etish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish va iqtisodiy barqarorlikni ta'minlash har bir davlat taraqqiyotining muhim omillaridan biridir.

"Xalq so'zi" gazetasining bugungi sonida chop etilgan maqolada Toshkent shahrining investitsion jozibadorligi, investorlar uchun yaratilayotgan qulay muhit, amalga oshirilayotgan islohotlar hamda poytaxtning mintaqadagi iqtisodiy ahamiyati haqida batafsil fikr yuritilgan.

Muallif — Tashkent International University rektori, iqtisodiyot fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) Yuldashev Iskandar Baxramovich.

Investitsiyalar, iqtisodiy rivojlanish va Toshkentning xalqaro maydondagi o'rni haqidagi tahliliy fikrlar bilan "Xalq so'zi" gazetasi sahifalarida tanishing!