“Taraqqiyot strategiyasi” markazi Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning davlat mustaqilligining 35 yilligiga bağişlangan tantanali marosimdagi nutqi asosida “Smart kitob” — maxsus infografikalar töplamini tayyorladi.
Töplamda nutqda ilgari surilgan ğoya va taşabbuslar, mamlakatimiz erişgan muhim natijalar va asosiy körsatkiçlar körgazmali tarzda berilgan. Kelgusi rivojlaniş yönalişlari, jumladan yetti yillik dasturning mazmun-mohiyati ham infografikalar orqali yoritilgan.
Kitob bölimlari orasida quyidagilar bor:
- “Yangi Toşkent — ilm-fan markazi”
- “Iqtisodiyot: 1991–2025 dinamikasi”
- “Ta’lim: boğçadan universitetgaça”
- “Ilm-fan, AI va Samarqand-2028”
- “Yoşlarni qöllab-quvvatlaş”
- “Yettita milliy dastur”
“Smart kitob”dan taqdimotlar, uçraşuvlar, davra suhbatlari, ma’rifiy tadbirlar va öquv jarayonida körgazmali material sifatida foydalaniş mumkin. Toşkent xalqaro universiteti professor-öqituvçilari va talabalarini töplam bilan tanişişga hamda undan dars va tadbirlarda foydalanişga taklif etamiz.