Tashkent International University hamda Özbekiston ingliz tili öqituvçilari assotsiatsiyasi (UzTEA) örtasidagi hamkorlik doirasida Biznes va innovatsion ta’lim fakulteti Xorijiy tillar kafedrasi professor-öqituvçilari uçun seminar-trening tashkil etildi.
Tadbirda UzTEA raisi Mirjalol Mirsobitov taklif etilgan spiker sifatida iştirok etib, assotsiatsiyaning faoliyati, ingliz tili öqituvçilari uçun yaratilgan imkoniyatlar, xalqaro hamkorlik va kasbiy rivojlaniş yönalişlari haqida ma’lumot berdi.
Seminar davomida zamonaviy pedagogik yondaşuvlarni rivojlantiriş, ingliz tilini öqitiş sifatini oşiriş, xalqaro tajriba almaşiş va professor-öqituvçilarning kasbiy kompetensiyalarini takomillaştiriş masalalari muhokama qilindi. İştirokçilar özlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, UzTEA bilan hamkorlikni yanada kengaytiriş imkoniyatlari yuzasidan fikr almashdilar.
Tadbir yakunida Biznes va innovatsion ta’lim fakulteti dekani Ibrohimjon Foziljonov mehmon spikerga minnatdorlik bildirib, universitetning esdalik sovğasini topshirdi. Şuningdek, tomonlar kelgusida qoşma ta’limiy taşabbuslarni rivojlantiriş va kasbiy tajriba almaşişga qaratilgan hamkorlik yönalişlarini muhokama qildilar.
Mazkur seminar-trening professor-öqituvçilarning kasbiy salohiyatini oşiriş, xalqaro pedagogik tajribalarni örganış va universitetning professional ta’lim hamjamiyatlari bilan aloqalarini mustahkamlaşga xizmat qildi.


