2026-yil 17-fevral kuni Tashkent International Universityning Biznes va innovatsion ta’lim fakulteti Xorijiy tillar kafedrasi taşabbusi bilan “Oliy ta’lim talabalarini öqitişda zamonaviy texnologiya va metodlar” mavzusida seminar-trening tashkil etildi. Tadbir professor-öqituvçilarning pedagogik mahoratini oşiriş, zamonaviy ta’lim texnologiyalarini öquv jarayoniga tatbiq etiş hamda innovatsion öqitiş metodlarini ommalaştirişga qaratildi.
Seminarda Özbekiston davlat jahon tillari universiteti professori, pedagogika fanlari doktori Axmedova Layloxon Tolibjonovna taklif etilgan ma’ruzaçi sifatida iştirok etdi. Tadbirda universitet professor-öqituvçilari, tadqiqotçilar va talabalar faol qatnaşdilar.
Ma’ruza davomida zamonaviy pedagogik yondaşuvlar, innovatsion ta’lim texnologiyalari, interfaol öqitiş metodlari hamda çet tillarni öqitişda raqamli vositalardan samarali foydalanış masalalari yoritildi. Ayniqsa, talabalar faolligini oşiriş, mustaqil fikrlaş könikmalarini rivojlantiriş va ta’lim samaradorligini ta’minlaşga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur seminar-trening professor-öqituvçilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantiriş, ilğor pedagogik tajribalarni örganış va zamonaviy texnologiyalarni ta’lim jarayoniga keng joriy etişga xizmat qildi.








