
Tashkent International Universityda 2026/2027-o‘quv yili uchun ikkinchi oliy ta’lim yo‘nalishlariga qabul jarayoni davom etmoqda.
Ikkinchi oliy ta’lim dasturi oliy ma’lumotga ega bo‘lgan fuqarolarga yangi mutaxassislikni egallash, kasbiy faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish hamda mehnat bozorida yanada raqobatbardosh bo‘lish imkoniyatini yaratadi. Mazkur ta’lim shakli o‘z bilim va ko‘nikmalarini kengaytirishni, zamonaviy kasblarni o‘zlashtirishni yoki faoliyat yo‘nalishini o‘zgartirishni istagan mutaxassislar uchun qulay imkoniyat hisoblanadi.
Tashkent International Universityda quyidagi ikkinchi oliy ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qabul amalga oshirilmoqda:
— 60310300 – Psixologiya
— 60410100 – Iqtisodiyot
— 60610300 – Kiberxavfsizlik injiniringi
— 60420100 – Yurisprudensiya (o‘zbek va rus tillarida)
Ta’lim dasturlari zamonaviy davlat ta’lim standartlari asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalar uyg‘unligini ta’minlaydi. Talabalar malakali professor-o‘qituvchilardan saboq olish, zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish hamda o‘z yo‘nalishi bo‘yicha professional kompetensiyalarni rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Qabul uchun talab etiladigan hujjatlar:
— Fuqarolik pasporti;
— Oliy ma’lumot to‘g‘risidagi bakalavr diplomi (ilovasi bilan).
Abituriyentlar hujjatlarni onlayn tarzda topshirishlari va ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
Ro‘yxatdan o‘tish: qabul.tiu.uz
Me’yoriy-huquqiy hujjatlar:
— O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-noyabrdagi 900-sonli qarori;
— Litsenziya №304988 (16.10.2023).
Tashkent International University sifatli ta’lim, zamonaviy bilimlar va yangi imkoniyatlar sari ishonchli qadam tashlashni istagan barcha talabgorlarni qabul jarayonida faol ishtirok etishga chorlaydi.
Axborot-maslahat markazi: +998555175353
Telegram orqali murojaat: @tiuqabul