2026-yil 2–9-noyabr kunlari Tashkent International Universityning 4 nafar professor-öqituvçisi “Örxun” xalqaro akademik mobillik dasturi doirasida Turkiyaning Istanbul Ticaret Universitetiga ilmiy taşrif buyurdi. Taşrifning asosiy maqsadi xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantiriş, ilg‘or tadqiqot tajribalarini örganış hamda universitetlar örtasidagi akademik aloqalarni mustahkamlaşdan iborat böldi.
Taşrif doirasida 4-noyabr kuni Istanbul Ticaret Universiteti rektori raisligida Matematika kafedrasi professorlari iştirokida ilmiy seminar tashkil etildi. Seminarda Tashkent International University dotsentlari, PhD Babayev Samandar Samiyevich hamda PhD Davronov Javlon Rustamovich öz ilmiy tadqiqot yönalişlari böyiça ma’ruzalar taqdim etdilar. Ma’ruzalar iştirokçilarda katta qiziqiş uyğotib, qizğin savol-javoblar va ilmiy muhokamalar bilan davom etdi.
Seminar yakunida ilmiy muloqot Istanbul Ticaret Universiteti professori Gülistan İskenderoğluning iş xonasida davom ettirildi. Uçraşuv davomida S. S. Babayev özining “Furye integrallarini taqribiy hisoblaş va uning kompyuter tomografiyasi tasvirlarini qayta tiklaşga oid qöllanilişi” mavzusidagi ilmiy maqolasini batafsil taqdim etdi. Tadqiqotning matematik asoslari, hisoblaş usullari va ularning kompyuter tomografiyasi tasvirlarini qayta tiklaşdagi amaliy ahamiyati muhokama qilindi.
Taşrif yakunida Istanbul Ticaret Universitetining matematika sohasi olimlari hamda Tashkent International Universityning “Aniq fanlar va raqamli texnologiyalar” kafedrasi vakillari örtasida ilmiy hamkorlikni rivojlantiriş va mustahkamlaş böyiça özaro kelişuvlarga erişildi. Mazkur taşrif qoşma ilmiy izlanışlar istiqbollarini kengaytiriş, akademik tajriba almaşiş va ikki universitet örtasidagi xalqaro ilmiy aloqalarni mustahkamlaşga xizmat qildi.






