2026-yil 20-fevral kuni Tashkent International Universityda professor-öqituvçilar, PhD izlanuvçilari hamda tadqiqotçi talabalar iştirokida “Monetary Policy Transmission in Central Asian Economies” (“Markaziy Osiyo iqtisodiyotlarida pul-kredit siyosatining transmission mexanizmlari”) mavzusida ilmiy seminar tashkil etildi.
Seminarda Vengriyaning University of Szeged universiteti PhD tadqiqotçisi Elyor Davlatov taklif etilgan ma’ruzaçi sifatida iştirok etdi. Tadbir Markaziy Osiyo mamlakatlarida pul-kredit siyosatining iqtisodiyotga ta’sirini örganış, zamonaviy makroiqtisodiy tadqiqotlar va xalqaro ilmiy tajribalar bilan tanişişga qaratildi.
Seminar davomida pul-kredit siyosatining asosiy uzatiş kanallari, jumladan, foiz stavkasi, kredit va valyuta kursi kanallarining işlaş mexanizmlari, ularning iqtisodiy ösış, investitsion faollik va real sektor rivojlanişiga ta’siri muhokama qilindi. Şuningdek, Markaziy Osiyo iqtisodiyotlarida transmission jarayonining öziga xos xususiyatlari, tadqiqotda qöllanilgan metodologik yondaşuvlar va asosiy ilmiy xulosalar yoritildi.
Mazkur ilmiy seminar professor-öqituvçilar va yoş tadqiqotçilar uçun zamonaviy makroiqtisodiy jarayonlarni çuqurroq örganış, xalqaro ilmiy tajriba almaşiş hamda iqtisodiy tadqiqotlar sohasida akademik hamkorlikni rivojlantirişga xizmat qildi.




