Yangiliklar

Iqtisodiyot va moliya kafedrasi professor-öqituvçilari uçun ilmiy seminar taşkil etildi

Tashkent International Universityda ORHUN almaşinuv dasturi doirasida Iqtisodiyot va moliya kafedrasi professor-öqituvçilari uçun ilmiy seminar bölib ötdi. Seminarda Istanbul Tijorat Universiteti professori Prof. Dr…

Tashkent International Universityda ORHUN almaşinuv dasturi doirasida Iqtisodiyot va moliya kafedrasi professor-öqituvçilari uçun ilmiy seminar bölib ötdi. Seminarda Istanbul Tijorat Universiteti professori Prof. Dr. Yunus Özcan kafedra akademik xodimlariga ma’ruza bilan çiqdi.

Seminar davomida global iqtisodiy jarayonlar, iqtisodiyot va moliya sohasidagi zamonaviy tendensiyalar, ilmiy tadqiqotlarning dolzarb yönalişlari hamda xalqaro tajribalar yuzasidan ma’ruza taqdim etildi. Körib çiqilgan mavzular iqtisodiyot va moliya sohasidagi öquv hamda ilmiy faoliyat uçun ğoyat dolzarb bölgan masalalarni qamrab oladi.

Tadbir professor-öqituvçilar örtasida ilmiy tajriba almaşiş, iqtisodiyot va moliya sohasidagi zamonaviy yondaşuvlarni muhokama qiliş hamda xalqaro akademik hamkorlikni rivojlantirişga xizmat qildi. Turkiyadagi hamkor universitet professori bilan muloqot kafedra professor-öqituvçilariga özlari öqitayotgan va tadqiq etayotgan fanlarga kengroq nazar bilan qaraş imkonini berdi.

Seminar yakunida iştirokçilar mavzu yuzasidan özlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda kelgusidagi ilmiy hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almaşdilar. Fikr almaşinuv ikki universitet professor-öqituvçilari örtasidagi akademik aloqalarni davom ettiriş uçun zamin yaratdi.

Mazkur seminar Tashkent International Universityning xalqaro tajriba, innovatsion ta’lim va zamonaviy yondaşuvlarga sodiqligini aks ettiradi hamda universitet tomonidan ORHUN almaşinuv dasturi doirasida amalga oşirilayotgan akademik tadbirlardan biri hisoblanadi.