Yangiliklar

Tashkent International University professor-öqituvçilarining Janubiy Koreyadagi DGIST institutiga ilmiy-amaliy taşrifi

2026-yil 6-iyuldan boşlab Tashkent International Universityning Aniq fanlar va raqamli texnologiyalar kafedrasi mudiri S. S. Babayev hamda kafedra dotsenti, falsafa doktori (PhD) J. R. Abdurazzoqov xalqaro ilmiy…

2026-yil 6-iyuldan boşlab Tashkent International Universityning Aniq fanlar va raqamli texnologiyalar kafedrasi mudiri S. S. Babayev hamda kafedra dotsenti, falsafa doktori (PhD) J. R. Abdurazzoqov xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantiriş va ilğor ilmiy tajribalarni örganış maqsadida Janubiy Koreyaning Daegu Gyeongbuk Institute of Science and Technology (DGIST) institutiga ikki haftalik ilmiy-amaliy taşrif buyurdilar.

Taşrif doirasida universitet vakillari DGISTning Robototexnika va mexatronika muhandisligi kafedrasi professori Okkyun Lee, şuningdek, Xalqaro aloqalar guruhi mutaxassislari Jiwoon Ryu va Tabea Stiehl bilan uçraşdilar. Uçraşuvda ilmiy hamkorlikni kengaytiriş, qoşma tadqiqotlarni rivojlantiriş va akademik tajriba almaşiş istiqbollari muhokama qilindi. Uçraşuv yakunida mezbonlarga özbek xalqining milliy an’analari va madaniyatini aks ettiruvçi esdalik sovğalari topshirildi.

Professor Okkyun Lee hamrohligida SurgLab va Motion Control Lab ilmiy laboratoriyalarining faoliyati bilan tanişildi. SurgLab laboratoriyasida jarrohlik robotlari, sun’iy intellekt asosidagi jarrohlik tizimlari, egiluvçan robotlar va masofadan boşqariş texnologiyalari, Motion Control Lab laboratoriyasida esa robotlar harakatini boşqariş, mobil robototexnika va yuqori aniqlikdagi boşqariş tizimlariga oid ilmiy işlanmalar örganildi.

Şuningdek, J. R. Abdurazzoqov DGISTning Axborot himoyasi va amaliy kriptografiya laboratoriyasi postdoktorant tadqiqotçisi Woo-Sang Im bilan ilmiy uçraşuv ötkazib, axborot xavfsizligi, zamonaviy kriptografiya va kelgusida qoşma tadqiqotlar olib boriş imkoniyatlari yuzasidan fikr almashdi.

Mazkur ilmiy-amaliy taşrif Tashkent International University va DGIST örtasidagi xalqaro ilmiy aloqalarni mustahkamlaş, professor-öqituvçilarning ilmiy salohiyatini oşiriş, zamonaviy texnologiyalar böyiça tajriba almaşiş hamda istiqboldagi qoşma ilmiy loyihalar uçun hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirişga xizmat qildi.