Iqtisodiy o‘sish nazariyasining muhim yo‘nalishlari — Euler Equation (2-qism), Golden Rule hamda AK Model mavzulariga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminar davomida ishtirokchilar bilan:
🔹 Golden Rule
🔹 Euler Equation orqali optimal iste’mol va investitsiya qarorlari tahlili
🔹 AK Model asosida iqtisodiy o‘sish mexanizmlari
🔹 Kapital jamg‘arilishi va iqtisodiy dinamikalar o‘rtasidagi bog‘liqlik
🔹 Zamonaviy makroiqtisodiy modellashtirishning nazariy va amaliy jihatlari keng muhokama qilindi.
Seminar davomida nazariy bilimlar amaliy tahlillar bilan uyg‘unlashtirilib, iqtisodiyot va matematika sohasiga qiziquvchi talabalar uchun foydali ilmiy seminar tashkil etildi.
Barcha ishtirokchilarga faol qatnashgani uchun minnatdorchilik bildiramiz!
Kelgusida ham ilmiy izlanish va akademik rivojlanishga xizmat qiluvchi seminarlarimizda uchrashguncha.

