Yangiliklar

Tashkent International Universityda “Solow modeli asosida ilmiy maqola yozış va tahlil qiliş” mavzusida amaliy trening ötkazildi

Tashkent International Universityda iqtisodiy ösiş nazariyalarini çuqur örganış, ilmiy-tadqiqot könikmalarini rivojlantiriş hamda iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilişda zamonaviy metodologik yondaşuvlardan foydalanış…

Tashkent International Universityda iqtisodiy ösiş nazariyalarini çuqur örganış, ilmiy-tadqiqot könikmalarini rivojlantiriş hamda iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilişda zamonaviy metodologik yondaşuvlardan foydalanış maqsadida “Solow modeli asosida ilmiy maqola yozış va tahlil qiliş” mavzusida amaliy trening tashkil etildi.

Trening davomida iqtisodiy ösişning Solow modeli, uning nazariy asoslari, kapital jamğarilişi, mehnat resurslari va texnologik taraqqiyotning iqtisodiy ösişga ta’siri kabi masalalar yoritildi. Şuningdek, ilmiy maqolalarda mazkur modeldan foydalanış, iqtisodiy körsatkiçlarni tahlil qiliş va tadqiqot natijalarini ilmiy asosda ifodalaşning ahamiyati tuşuntirildi.

Tadbir interfaol şaklda ötkazilib, unda talabalar, magistrantlar va tadqiqotçilar faol iştirok etdilar. İştirokçilar ilmiy maqola tayyorlaş metodologiyasi, tahliliy fikrlaş könikmalarini rivojlantiriş hamda iqtisodiy tadqiqotlarda nazariy modellarni amaliy qöllaş yuzasidan foydali tavsiyalar oldilar.

Mazkur amaliy trening iştirokçilarning ilmiy-tadqiqot salohiyatini oşiriş, iqtisodiy tahlil könikmalarini mustahkamlaş hamda ilmiy maqolalar tayyorlaş sifatini yaxşilaşga xizmat qildi.