2026–2027-o‘quv yilida masofaviy ta’lim shakliga qabul qilingan talabalar diqqatiga!
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 559-sonli qaroriga muvofiq, 2026-yil 21–22-sentabr kunlari universitetda masofaviy ta’lim shaklida tahsil oluvchi talabalar uchun dastlabki tanishtiruv mashg‘ulotlari tashkil etiladi.
Mashg‘ulotlar davomida talabalar universitetdagi o‘quv jarayoni, ta’lim olish tartibi, shartnoma, imtihonlar hamda masofaviy ta’lim bilan bog‘liq boshqa muhim jarayonlar haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘ladilar.
Talabalarga ish joyidan ruxsat olishda qulaylik yaratish maqsadida universitet tomonidan tashkilot va korxona rahbarlariga rasmiy xat yuborilgan.
Ish beruvchiga taqdim etish uchun rasmiy xat nusxasi bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin:
Barcha masofaviy ta’lim talabalari tanishtiruv mashg‘ulotlarida faol ishtirok etishga taklif etiladi.
TIU Registrator ofisi