Yangiliklar

Toşkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti talabasi Anvarov Jahongir Hamza öğlining “Mirzo Uluğbek vorislari” Respublika tanlovidagi muvaffaqiyatlari yuzasidan tajriba almaşiş uçraşuvi

“Mirzo Uluğbek vorislari” Respublika tanlovining Respublika bosqiçi ğolibi, Toşkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti talabasi Anvarov Jahongir Hamza öğlining muvaffaqiyat tajribasi bilan tanişiş va tajriba almaşiş…

“Mirzo Uluğbek vorislari” Respublika tanlovining Respublika bosqiçi ğolibi, Toşkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti talabasi Anvarov Jahongir Hamza öğlining muvaffaqiyat tajribasi bilan tanişiş va tajriba almaşiş uçraşuvi töğrisida. “Tashkent International University” xalqaro universitetida talaba-yoşlarning ilmiy-tadqiqot faoliyatiga bölgan qiziqişini oşiriş, ularni innovatsion ğoyalar yaratişga rağbatlantiriş, yoşlarning startap va ilmiy loyihalar bilan şuğullaniş könikmalarini rivojlantiriş hamda nufuzli tanlovlarda muvaffaqiyat qozongan yoşlarning tajribalarini ommalaştiriş maqsadida Toşkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti talabasi, “Mirzo Uluğbek vorislari” Respublika tanlovining Respublika bosqiçi ğolibi Anvarov Jahongir Hamza öğli bilan uçraşuv taşkil etilgani qayd etildi. Uçraşuv avvalida mehmonning ilmiy faoliyati, tanlovda erişgan yutuqlari va amalga oşirayotgan innovatsion loyihalari haqida qisqaça ma’lumot berildi. Ta’kidlanganidek, Anvarov Jahongir Hamza öğli “Mirzo Uluğbek vorislari” Respublika tanlovining barça bosqiçlarida muvaffaqiyatli iştirok etib, özining innovatsion ğoyasi va ilmiy salohiyati bilan Respublika bosqiçida ğoliblikni qölga kiritgan. Uçraşuv davomida Anvarov Jahongir Hamza öğli tanlovda iştirok etiş ğoyasi qanday paydo bölgani, loyihani işlab çiqiş bosqiçlari, ilmiy izlanişlarni olib boriş usullari, ma’lumotlarni yiğiş va tahlil qiliş jarayonlari hamda tanlovga tayyorgarlik köriş tajribalari haqida batafsil ma’lumot berdi. Ma’ruzaçi öz çiqişida muvaffaqiyatga erişişda eng muhim omillar sifatida muntazam izlaniş, ilmiy adabiyotlar bilan işlaş, innovatsion fikrlaş, vaqtni töğri taqsimlaş va ustozlar tavsiyalaridan unumli foydalaniş muhim ahamiyat kasb etganini ta’kidladi. Şuningdek, har qanday innovatsion ğoya avvalo jamiyatdagi muayyan muammoni aniqlaş va unga amaliy yeçim taklif qilişdan boşlanişi kerakligini qayd etdi. Uçraşuv davomida tanlovning saralaş, hududiy va Respublika bosqiçlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Har bir bosqiçda iştirokçilardan talab etiladigan mezonlar, loyihalarni baholaş tizimi, ekspertlar bilan işlaş tartibi hamda loyiha taqdimotini muvaffaqiyatli himoya qiliş böyiça amaliy tavsiyalar berildi. Anvarov Jahongir Hamza öğli loyiha taqdimoti vaqtida auditoriya bilan işlaş, öz fikrini aniq va ravon bayon etiş, ekspertlarning savollariga asosli javob beriş hamda loyiha natijalarini dalillar asosida himoya qiliş böyiça öz tajribalari bilan örtoqlaşdi. Şuningdek, u tanlov jarayonida duç kelgan muammolar, turli bosqiçlarda yuzaga kelgan qiyinçiliklar va ularni bartaraf etiş usullari haqida ham töxtalib ötdi. Xususan, loyihani takomillaştiriş, taqdimotni qayta işlaş, ma’lumotlar bazasini boyitiş va ekspertlar tavsiyalari asosida loyiha sifatini oşiriş muvaffaqiyatga erişişda muhim rol öynaganini ta’kidladi. Uçraşuvning savol-javob qismida talabalar tomonidan tanlovlarda iştirok etiş tartibi, grant loyihalarini tayyorlaş, ilmiy maqolalar yoziş, startap ğoyalarni şakllantiriş, investorlarni jalb qiliş hamda innovatsion faoliyat bilan şuğullaniş masalalari yuzasidan köplab savollar berildi. Mehmon barça savollarga batafsil javob berib, talabalarga amaliy tavsiyalar va foydali maslahatlar berdi. Talabalarga öz ustida muntazam işlaş, xorijiy tillarni örganiş, zamonaviy texnologiyalarni egallaş, ilmiy izlanişlarga erta jalb etiliş hamda turli respublika va xalqaro tanlovlarda faol iştirok etiş tavsiya qilindi. Şuningdek, har bir talaba öz qiziqişi va salohiyatidan kelib çiqib innovatsion ğoyalar ustida işlaşi zarurligi ta’kidlandi. Uçraşuv davomida talabalar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar va savollardan körinib turibdiki, mazkur tadbir yoşlarning ilmiy va innovatsion faoliyatga bölgan qiziqişini yanada oşirişga xizmat qildi. Iştirokçilar tomonidan bunday uçraşuvlarni muntazam taşkil etiş böyiça takliflar bildirildi. Qayd etildiki, “Mirzo Uluğbek vorislari” Respublika tanlovi mamlakatimizda iqtidorli yoşlarni qöllab-quvvatlaş, ularning ilmiy va innovatsion salohiyatini yuzaga çiqariş, istiqbolli loyihalarni rağbatlantiriş hamda yoş olimlar va tadqiqotçilar safini kengaytirişda muhim ahamiyat kasb etadi.Respublika tanlovida muvaffaqiyat qozongan talaba bilan tajriba almaşiş ğoyaning şakllanişidan boşlab, tanlovga tayyorgarlik va taqdimotgaça bölgan jarayonni tuşunişga yordam beradi. Talabalar uçun bunday uçraşuvlar öz loyihalarini baholaş va amaliy tavsiyalardan foydalaniş nuqtayi nazaridan ayniqsa qimmatlidir.