Yangiliklar

Tashkent International University Innovatsion ta’lim va iqtidorli talabalar bilan işlaş departamenti tomonidan “ILMIY MAQOLA YOZIŞ” böyiça master-klass ötkazilganligi töğrisida

2025-yil 17-oktabr kuni Toşkent şahrida joylaşgan Tashkent International Universityda Innovatsion ta’lim va iqtidorli talabalar bilan işlaş departamenti taşabbusi bilan “Ilmiy maqola yoziş” böyiça master-klass taşkil…

2025-yil 17-oktabr kuni Toşkent şahrida joylaşgan Tashkent International Universityda Innovatsion ta’lim va iqtidorli talabalar bilan işlaş departamenti taşabbusi bilan “Ilmiy maqola yoziş” böyiça master-klass taşkil etildi. Tadbirni Innovatsion ta’lim va iqtidorli talabalar bilan işlaş departamenti boşliği D.Xaşimova kiriş sözi bilan oçib berdi. Mazkur tadbirning dolzarbligi şundan iboratki, bugungi globallaşuv va raqamli iqtisodiyot şaroitida ilmiy izlanişlar olib boriş, ilmiy maqola yoziş madaniyatini şakllantiriş hamda yoş tadqiqotçilarni xalqaro ilmiy maydonga tayyorlaş oliy ta’lim tizimi oldidagi muhim vazifalardan biri hisoblanadi deb ta’kidladi. Master-klass davomida “Raqamli iqtisodiyot” ilmiy-elektron jurnali va “Marketing” ilmiy, amaliy hamda ommabop jurnali muharriri Karimova Şirin, PhD, dotsent tomonidan ilmiy maqola va tezis yozişning asosiy bosqiçlari, mavzu tanlaş, ilmiy manbalar bilan işlaş, havolalar keltiriş qoidalari hamda maqolani naşrga tayyorlaş jarayoni yuzasidan batafsil tuşuntirişlar berildi. Tadbir interaktiv tarzda, savol-javoblar va jonli muloqot şaklida ötkazilib, talabalar özlarini qiziqtirgan savollarga atrofliça javob oldilar. Master-klass jarayonida iştirokçilar ilmiy manbalarni tahlil qiliş, ularni töğri rasmiylaştiriş va ilmiy yozuv uslubiga amal qiliş böyiça amaliy bilimlarga ega böldilar. Tadbir yakunida talabalar öz ilmiy faoliyatlarini boşlaş va rivojlantiriş uçun zarur bilim, könikma hamda motivatsiyaga ega böldilar. Mazkur master-klass yoşlarni ilmiy izlanişlarga keng jalb etiş, ularning tadqiqotçilik salohiyatini rivojlantiriş hamda universitetda ilmiy muhitni yanada mustahkamlaşga xizmat qildi.Ilmiy maqola tayyorlaşda mavzuni aniq belgilaş, ilmiy manbalarni tanlaş, tahlil usullarini asoslaş va xulosalarni dalillar bilan bayon qiliş asosiy bosqiçlar hisoblanadi. Mazkur könikmalarni muntazam rivojlantiriş talabalarni konferensiyalar, talabalar ilmiy tögaraklari va mustaqil tadqiqotlarga tayyorlaşda muhim ahamiyat kasb etadi.