
Tashkent International University talabalari uchun KAFIL-SUG‘URTA AJ tomonidan tashkil etilgan “KAFIL SUG‘URTA GRANTI” tanlovi e’lon qilindi.
Mazkur tanlov iqtidorli va tashabbuskor talabalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning nazariy bilimlarini amaliy tajriba bilan mustahkamlash hamda professional rivojlanishiga ko‘maklashishga qaratilgan.
Kimlar ishtirok etishi mumkin:
— Bakalavriat va magistraturaning so‘nggi bosqich kunduzgi bo‘lim talabalari
Yo‘nalishlar:
— Iqtisodiyot
— Moliya
— Sug‘urta
— Buxgalteriya
— Marketing
— IT
Imkoniyatlar:
— Grant (stipendiya) yutish imkoniyati
— Kompaniyada amaliyot o‘tash
— Real biznes muhitida tajriba orttirish
Tanlov bosqichlari:
1-bosqich (1–30 may):
— CV (rezume)
— Academic transcript
Email: tanlov@kafil.uz
2-bosqich (1–10 iyun):
— Suhbat (online/offline)
— Bilim, fikrlash va shaxsiy sifatlar baholanadi
Ustunlik beriladi:
— IELTS yoki boshqa til sertifikati mavjud bo‘lsa
— ACCA yoki moliyaviy sertifikatlar mavjud bo‘lsa
— Big Data bilan ishlash ko‘nikmasi bo‘lsa
— Olimpiada va tanlovlardagi yutuqlar mavjud bo‘lsa
Bu shunchaki grant emas — bu sizning kelajakdagi karyerangiz sari muhim qadamdir.