Yangiliklar

Tashkent International University iqtidorli talabalari iştirokida Toşkent şahridagi ADJU universitetida ötkazilgan notiqlik san’ati böyiça “INTERNATIONAL VOICES SUMMIT 2025” tanlovining grand final bosqiçi

2025-yil 19-dekabr kuni Toşkent şahridagi Adju universitetida yetakçi universitetlar talabalari örtasida notiqlik san’ati böyiça “International Voices Summit 2025” tanlovining grand final bosqiçi keng kölamda ötkazildi…

2025-yil 19-dekabr kuni Toşkent şahridagi Adju universitetida yetakçi universitetlar talabalari örtasida notiqlik san’ati böyiça “International Voices Summit 2025” tanlovining grand final bosqiçi keng kölamda ötkazildi. Final bosqiçida Özbekiston oliy ta’lim muassasalarining eng sara notiqlari TED Talks formatida çiqiş qilib, özlarining nutq mahorati, mustahkam işonçi va çuqur fikrlari bilan ajralib turdilar. Uşbu nufuzli tanlovda Tashkent International University HQ-1-23 guruhi talabasi Quvvatova Kumuş faol iştirok etib, özining ravon nutqi, mazmunli ğoyalari hamda sahnadagi işonçli çiqişi bilan tomoşabinlar va hay’at a’zolari e’tiborini qozondi. Mazkur iştirok TIU talabalari salohiyati va ularning xalqaro miqyosdagi faolligini yana bir bor namoyon etdi. Şu örinda Tashkent International University talabalarini xalqaro notiqlik va intellektual tanlovlarda iştirok etişga tayyorlaş işlari kelgusida ham davom ettiriş kerak.Xalqaro notiqlik bellaşuvlarida iştirok etiş tayyor nutqni bayon qiliş bilangina çeklanmaydi: auditoriya bilan muloqot, fikrni mantiqiy quriş va savollarga asosli javob qaytariş ham muhimdir. Uşbu yönaliş talabalar uçun xorijiy tilda öz fikrini ravon ifodalaş va akademik muhitda erkin çiqiş qiliş könikmalarini mustahkamlaşga xizmat qiladi.