Yangiliklar

“Iş joylarida OIV bilan yaşovçi şaxslarni qöllab-quvvatlaş va xabardorlikni oşiriş böyiça uç tomonlama maslahatlaşuvlar” mavzusidagi seminar

2025-yil 10-dekabr kuni Tashkent International University vakillari Birlaşgan Millatlar Taşkiloti binosida ötkazilgan xalqaro seminarda iştirok etdilar. Mazkur seminar Xalqaro Mehnat Taşkiloti (ILO), UNAIDS hamda…

2025-yil 10-dekabr kuni Tashkent International University vakillari Birlaşgan Millatlar Taşkiloti binosida ötkazilgan xalqaro seminarda iştirok etdilar. Mazkur seminar Xalqaro Mehnat Taşkiloti (ILO), UNAIDS hamda Özbekiston Iş beruvçilar Konfederatsiyasi hamkorligida taşkil etilib, “Iş joylarida OIV bilan yaşovçi şaxslarni qöllab-quvvatlaş va xabardorlikni oşiriş böyiça uç tomonlama maslahatlaşuvlar” mavzusiga bağişlandi. Uşbu nufuzli tadbirda Tashkent International University nomidan Huquqiy fanlar kafedrasi öqituvçisi Komron Abdurahimov boşçiligidagi universitet jamoasi iştirok etdi. Tadbirda universitetimiz nomidan quyidagi vakillar qatnaşdilar: Komron Abdurahimov — MПЦ arbitri (Sankt-Peterburg), TIU öqituvçisi; Belenko Izabella Dmitriyevna — 1-kurs talabasi, HQ-1-25r guruhi; Saidova Dilnur Raxim qizi — 1-kurs talabasi, HQ-1-25r guruhi. Seminar davomida iştirokçilar xalqaro mehnat huquqi, soğliqni saqlaş va inson huquqlarini himoya qiliş yönalişlari böyiça amaliy bilimlarini mustahkamlaşdi. Şuningdek, iş joylarida OIV bilan yaşovçi şaxslarni qöllab-quvvatlaş, xabardorlikni oşiriş, kamsitiş holatlarining oldini oliş hamda xalqaro tajribalarni örganiş böyiça muhim ma’lumotlarga ega böldilar. TIU vakillarining mazkur xalqaro seminardagi iştiroki talabalarning huquqiy dunyoqaraşini kengaytiriş, xalqaro taşkilotlar faoliyati bilan yaqindan taniştiriş hamda ularning amaliy bilim va könikmalarini rivojlantirişda muhim ahamiyat kasb etdi.Xalqaro taşkilot iştirokidagi seminarlar talabalarga global mehnat munosabatlari, ijtimoiy siyosat va xalqaro hamkorlik mavzulariga kengroq nazar taşlaş imkonini beradi. Uşbu yönalişlarda dolzarb masalalarni muhokama qiliş nazariy bilimlarni amaliy jarayonlar bilan boğlaşga xizmat qiladi.