2026-yil 23-iyun kuni Tashkent International Universityda ORHUN akademik almaşinuv dasturi doirasida Aniq fanlar kafedrasi professor-öqituvçilari uçun xalqaro ilmiy seminar tashkil etildi. Tadbirda Turkiyaning Istanbul Tijorat Universiteti professori Dr. Abdullah Yener taklif etilgan ma’ruzaçi sifatida iştirok etdi.
Seminar davomida zamonaviy ilm-fan va texnologiyalarning rivojlaniş tendensiyalari, aniq fanlar sohasidagi dolzarb ilmiy masalalar, innovatsion tadqiqot yondaşuvlari hamda xalqaro ilmiy tajribalar muhokama qilindi. Ayniqsa, zamonaviy ilmiy yutuqlardan ta’lim jarayonida foydalanış, ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oşiriş va ilğor xorijiy tajribalarni örganış masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Ma’ruzaçi aniq fanlar sohasidagi zamonaviy ilmiy yondaşuvlar va texnologik taraqqiyotning ahamiyati haqida ma’lumot berdi. Seminar professor-öqituvçilarga xalqaro ilmiy tajribalar bilan tanişiş, öz ilmiy izlanışlarini rivojlantiriş hamda zamonaviy tadqiqot metodlarini ta’lim jarayoniga tatbiq etiş imkoniyatlarini muhokama qiliş uçun muhim akademik maydon bölib xizmat qildi.
Tadbir yakunida iştirokçilar ma’ruza yuzasidan öz fikr-mulohazalarini bildirib, mehmon professor bilan savol-javoblar ötkazdilar. Mazkur seminar professor-öqituvçilar örtasida ilmiy tajriba almaşiş, xalqaro akademik hamkorlikni rivojlantiriş hamda Tashkent International Universityning xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan ilmiy aloqalarini mustahkamlaşga xizmat qildi.



