Tashkent International University talabalari Oliy Majlis Qonunchilik palatasida tashkil etilgan “Parlament faoliyatida shaffoflik, raqamlashtirish va fuqarolarning ishtiroki: O‘zbekistonning 35 yillik taraqqiyoti yo‘li va Germaniya tajribasi” mavzusidagi xalqaro davra suhbatida faol ishtirok etdilar.

Mazkur tadbir parlament faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, davlat boshqaruvida zamonaviy raqamli texnologiyalarni keng joriy etish hamda fuqarolarning qarorlar qabul qilish jarayonlaridagi ishtirokini kuchaytirishga bag‘ishlandi.
Xalqaro davra suhbatida parlament vakillari, ekspertlar, yoshlar tashkilotlari a’zolari, talabalar va mutaxassislar ishtirok etib, zamonaviy boshqaruv tizimlari, demokratik islohotlar hamda xalqaro tajribalar yuzasidan o‘zaro fikr almashdilar.

Muloqot davomida parlament faoliyatida raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish, elektron platformalar orqali fuqarolar bilan samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish, davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlash hamda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish masalalari keng muhokama qilindi.
Shuningdek, Germaniya tajribasi asosida parlament tizimida zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash, fuqarolarning siyosiy jarayonlardagi faolligini oshirish va demokratik boshqaruv tamoyillarini rivojlantirish bo‘yicha muhim fikrlar bildirildi.

TIU talabalari tadbir davomida xalqaro siyosiy muloqot, parlament faoliyati, raqamli boshqaruv va fuqarolik jamiyati institutlari bo‘yicha muhim bilim va tajribaga ega bo‘ldilar. Ular zamonaviy boshqaruv tizimlarining ishlash mexanizmlari, davlat va jamiyat o‘rtasidagi samarali hamkorlik hamda ochiq muloqotning ahamiyati bilan yaqindan tanishdilar.
Mazkur xalqaro davra suhbati talabalar uchun nafaqat nazariy bilimlarni boyitish, balki amaliy tajriba orttirish, xalqaro fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish va fuqarolik faolligini oshirishda muhim platforma bo‘lib xizmat qildi.
