Tashkent International Universityda KOICA–TIU–Cheju Halla AI Training Center doirasida Industry–Academia Committee uçraşuvi taşkil etildi. Uçraşuv ta’lim tizimi va sanoat sohasi örtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantiriş, mavjud imkoniyatlarni birlaştiriş hamda istiqboldagi hamkorlik yönalişlarini muhokama qilişga qaratildi.
Tadbir davomida ta’lim muassasalari va sanoat vakillari örtasidagi özaro aloqalarni mustahkamlaş, nazariy bilimlarni amaliy faoliyat bilan uyğunlaştiriş va ta’lim jarayonining amaliy yönalişini kuçaytiriş masalalariga e’tibor qaratildi. Ayniqsa, sun’iy intellekt sohasida amaliy loyihalarni işlab çiqiş va amalga oşiriş imkoniyatlari muhokama qilindi.
Şuningdek, zamonaviy texnologiyalar rivojlanib borayotgan şaroitda mehnat bozori ehtiyojlariga mos, raqobatbardoş va zamonaviy bilimlarga ega mutaxassislarni tayyorlaş muhimligi ta’kidlandi. Ta’lim va işlab çiqariş örtasidagi samarali hamkorlik yoş mutaxassislarning kasbiy könikmalarini rivojlantiriş hamda ularning amaliy tajribasini oşiriş uçun muhim omil hisoblanadi.
Mazkur uçraşuv KOICA–TIU–Cheju Halla AI Training Center doirasida sun’iy intellekt yönalişidagi taşabbuslarni qöllab-quvvatlaş, ta’lim va sanoat örtasidagi aloqalarni kengaytiriş hamda kelgusidagi amaliy hamkorlik uçun yangi imkoniyatlarni muhokama qilişga xizmat qildi.








