Yangiliklar

Tashkent International Universityda GreenCamUz xalqaro loyihasining oçiliş uçraşuvi bölib ötdi

Tashkent International Universityda Erasmus+ CBHE dasturi doirasida amalga oşirilayotgan GreenCamUz — “Green Campus Initiative: Integrating Sustainability into Higher Education in Uzbekistan” xalqaro loyihasining oçiliş…

Tashkent International Universityda Erasmus+ CBHE dasturi doirasida amalga oşirilayotgan GreenCamUz — “Green Campus Initiative: Integrating Sustainability into Higher Education in Uzbekistan” xalqaro loyihasining oçiliş uçraşuvi bölib ötdi. Tadbirda Yevropa Ittifoqining Özbekistondagi elçisi Toivo Klaar ham iştirok etdi. Uning iştiroki loyihaning Özbekiston va Yevropa Ittifoqi örtasidagi oliy ta’lim sohasidagi hamkorlik uçun ahamiyatini ta’kidladi.

Uçraşuv davomida loyiha hamkorlari tomonidan oliy ta’lim tizimiga barqaror rivojlaniş tamoyillarini joriy etiş, ta’lim muassasalarida “yaşil kampus” konsepsiyasini rivojlantiriş hamda uşbu yönalişdagi ustuvor vazifalar yuzasidan taqdimotlar ötkazildi. Iştirokçilar loyiha doirasidagi asosiy maqsad va taşabbuslar hamda ularni amalga oşiriş imkoniyatlari haqida fikr almaşdilar.

Taqdimotlarda ekologik mas’uliyatni ta’lim jarayoni bilan uyğunlaştiriş, barqaror rivojlaniş ğoyalarini oliy ta’lim muassasalari faoliyatida qöllab-quvvatlaş va “yaşil kampus” tamoyillarini amaliyotga tatbiq etiş masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Uşbu mavzular loyiha faoliyatining yönalişini hamda uning Özbekiston universitetlariga qöşadigan hissasini belgilaydi.

Tadbirning amaliy qismi doirasida Tashkent International University rektori Iskandar Yuldaşev hamda Yevropa Ittifoqining Özbekistondagi elçisi Toivo Klaar GreenCamUz loyihasi doirasida daraxt ekiş aksiyasida iştirok etdilar. Uşbu ramziy taşabbus barqaror rivojlaniş va ekologik ongni qöllab-quvvatlaş ğoyalarini amalda namoyon etdi.

Şuningdek, loyiha doirasida taşkil etilgan madaniy körgazmada mehmonlar Özbekistonning milliy hunarmandçilik mahsulotlari bilan yaqindan tanişiş imkoniga ega böldilar. Körgazma xorijiy mehmonlarga milliy madaniyat va an’analarni namoyiş etib, tadbirga alohida mazmun bağişladi.

Tashkent International University uçun GreenCamUz loyihasining oçilişiga mezbonlik qiliş xalqaro hamkorlikdagi muhim bosqiç bölib, talabalar va professor-öqituvçilar uçun barqarorlik masalalarini öqiş va faoliyatlariga tatbiq etişda yangi imkoniyatlar oçadi.

GreenCamUz loyihasining oçiliş uçraşuvi oliy ta’limda barqaror rivojlaniş tamoyillarini ilgari suriş, “yaşil kampus” taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş hamda ekologik masalalarga e’tiborni kuçaytiriş yölidagi muhim qadam böldi.