Yangiliklar

Tashkent International Universityda yoşlarning atrof-muhitga bölgan mas’uliyatini oşiriş maqsadida “Green TIU” ekologik klubi taşabbusi bilan “Ma’rifat ulaşib” loyihasi doirasida uçraşuv taşkil etildi

Joriy yilning 9-oktabr kuni Tashkent International Universityda talaba-yoşlarning atrof-muhitga bölgan mas’uliyatini oşiriş, ularda kitobxonlik madaniyatini va ma’naviy qadriyatlarga hurmatni şakllantiriş maqsadida…

Joriy yilning 9-oktabr kuni Tashkent International Universityda talaba-yoşlarning atrof-muhitga bölgan mas’uliyatini oşiriş, ularda kitobxonlik madaniyatini va ma’naviy qadriyatlarga hurmatni şakllantiriş maqsadida Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi bilan hamkorlikda “Ma’rifat ulaşib” loyihasi doirasida adabiy-ma’rifiy uçraşuv taşkil etildi.

Uçraşuv davomida talaba-yoşlar adabiyot va ijodkorlik haqida suhbatlaşib, kitobning inson tafakkuri, ma’naviyati va tabiatga bölgan munosabatini şakllantirişdagi örni yuzasidan fikr almaşdilar. Tadbir iştirokçilarda mutolaaga qiziqiş uyğotib, ularni ijodiy va ma’rifiy faoliyatga yanada faol jalb etişga xizmat qildi.

Loyiha doirasida ekologik yönalişdagi amaliy tadbir ham ötkazildi: Yunusobod tumanidagi 9-ixtisoslaştirilgan davlat umumta’lim maktabi hovlisida mevali va manzarali daraxt köçatlari ekildi. Uşbu amaliy harakat yoşlarda tabiatni asraş, atrof-muhitni kökalamzorlaştiriş va kelajak avlodlar uçun obod muhit yaratiş tuyğusini mustahkamladi.

Mazkur tadbirlar yoşlarning intellektual, ma’naviy va ekologik madaniyatini rivojlantiriş, ularda milliy qadriyatlarga hurmat, kitobxonlikka muhabbat, tabiatga ehtiyotkorona munosabat va ijtimoiy mas’uliyat tuyğularini şakllantirişga qaratildi. Şuningdek, universitet va umumta’lim maktablari hamkorligini kengaytiriş, yoş avlodni yaxşi işlarga birgalikda jalb etiş hamda “Ma’rifat ulaşib” loyihasining ma’naviy-ma’rifiy ahamiyatini tarğib qilişda muhim böldi.