Tashkent International University talabalari Minsk Lingvistika Universitetida bölib ötgan “Til, ta’lim, tarjima bugungi kunda: talaba nigohida” nomli Birinçi Xalqaro Talabalar Konferensiyasida muvaffaqiyatli iştirok etdilar. Mazkur xalqaro ilmiy anjuman talabalarning tilşunoslik, ta’lim, tarjima nazariyasi va amaliyoti böyiça ilmiy izlanişlarini namoyon etiş, xalqaro tajriba almaşiş hamda yoş tadqiqotçilar örtasida ilmiy hamkorlikni mustahkamlaşga qaratildi. Konferensiya davomida universitetimiz talabalari öz ilmiy maqolalarini taqdim etib, mavzu yuzasidan mustaqil fikrlaş, ilmiy tahlil qiliş, xorijiy tillarda muloqot olib boriş hamda akademik taqdimot könikmalarini namoyon etdilar. Talabalarimizning xalqaro ilmiy anjumanda iştirok etgani ularning ilmiy salohiyatini rivojlantiriş, xalqaro maydonda tajriba orttiriş hamda universitetimiz nufuzini yanada oşirişda muhim ahamiyat kasb etadi. Uşbu iştirok universitetimizda iqtidorli talabalarni qöllab-quvvatlaş, ularning ilmiy-tadqiqot faoliyatini rağbatlantiriş hamda xalqaro ilmiy hamkorlikka keng jalb etiş borasida amalga oşirilayotgan işlarning amaliy natijasidir.Xalqaro talabalar konferensiyasi yoş tadqiqotçilarga öz mavzularini ilmiy jamoatçilikka taniştiriş, turli ilmiy yondaşuvlarni qiyoslaş va akademik muloqot tajribasini kengaytiriş imkonini beradi. Til va tarjima bilan boğliq tadqiqotlarda nazariya hamda amaliy tajriba örtasidagi aloqani yoritiş ayniqsa muhimdir.

