Yangiliklar

“MA’RIFAT MAYDONI” tanlovi

2025-yil 5-noyabr kuni Tashkent International Universityda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va öquvçilarning ijtimoiy faolligini oşiriş markazi tomonidan talabalar örtasida e’lon qilingan…

2025-yil 5-noyabr kuni Tashkent International Universityda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va öquvçilarning ijtimoiy faolligini oşiriş markazi tomonidan talabalar örtasida e’lon qilingan “Ma’rifat maydoni” körik-tanlovining universitet bosqiçi ötkazildi. Mazkur tanlov yoşlar örtasida kitobxonlikni keng tarğib qiliş, adabiyotga bölgan qiziqişni oşiriş hamda ularning ijodiy salohiyatini namoyon etiş maqsadida taşkil etildi. Tanlov jarayonida iştirokçilar quyidagi şartlar asosida bellaşdilar: “Adib hayoti” — atoqli adiblarning hayoti va ijodini körgazmali taqdimot şaklida namoyiş etiş; “Tezkor savol-javob” — adabiyot böyiça bilim sinovi; “Adiblar ijodidan teatrlaştirilgan kompozitsiya”. Tadbir davomida talabalar özlarining ijodiy yondaşuvi, sahna madaniyati va badiiy mahoratlarini namoyiş etdilar. Tanlov kötarinki va ijodiy ruhda ötdi. Tanlov yakunlariga köra ğolib va sovrindorlar aniqlandi: 1-örin — “Çölpon” jamoasi;

2-örin — “Leaders” jamoasi;

3-örin — “Ma’rifat farzandlari” jamoasi.

Ğolib jamoalar universitet rahbariyati tomonidan diplom va esdalik sovğalari bilan taqdirlandi hamda tanlovning hududiy bosqiçida universitet nomidan iştirok etiş huquqini qölga kiritdilar.Tanlovning universitet bosqiçi yoşlarga öz qobiliyatini namoyiş qiliş va keyingi bosqiçga tayyorgarlik köriş uçun muhim sinov vazifasini bajaradi. Bunday jarayonda taqdimot madaniyati, ijodiy yondaşuv va belgilangan talablar asosida işlaş könikmalari alohida e’tibor talab qiladi.